O'zb  |    |     |  Eng
» Umumiy o`rta ta'lim
Umumiy o`rta ta'lim
Umumiy orta ta`lim tushunchasi

Umumiy orta ta`limning maqsadi ishtirokchilarni madaniy va maishiy, xalq xojaligining turli sohalarida faoliyat korsatish uchun zarur bolgan fan asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan qurollantirishdan hamda maxsus ta`lim olish (kasb-hunar, texnik, orta, oliy) imkoniyatini yaratishdan iboratdir.

Umumiy orta ta`lim tizimi

Ozbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bolgan umumiy orta ta`lim mavjud bolib, u boshlangich (1-4- maktab sinflari) va orta (5-9- maktab sinflari) ta`limga bolingan.


Boshlangich ta`lim umumiy orta ta`lim olish uchun zarur bolgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yonaltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi.

Boshlangich ta`lim Ozbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga yetgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlangich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlangich ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlangich maktabni tugatar ekan, u oqish, yozish va hisoblash mahoratiga ega bolishi kerak. Oquvchiga nazariy fikrlash elementlari, orgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari, soglom hayot tarzi va jamiyatda ozini tutish bilimlari ham berib boriladi. Oquv fanlarining sifat va tarkibi boshlangich maktabda, maktab turi va oqitish sharoitlariga kora ozgarib turadi.

Maktabning barcha birinchi sinf oquvchilari bepul oquv kitoblari va oquv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam ta`minlangan oilalardan bolgan 1-9- sinf oquvchilari har yili davlat byudjeti hisobidan oquv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta`minlanadi. Ozbekistonda boshlangich va orta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga kora bir - biri bilan bevosita bogliq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pogonada umumiy orta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlangich maktabda bitiruvchilarning toliq hisobini olib borishni va umumiy orta ta`lim tizimida uzluksizlikni ta`minlaydi.

Umumiy orta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qoyib, boshlangich professional yonalishni va ta`limning keyingi pogonasini tanlashda komaklashadi.

Umumiy orta ta`lim boshlangich ta`limning mantiqiy davomi bolsa ham, tarkibiy sifatiga va oqitish uslubiga kora farq qiladi. Umumiy orta ta`lim ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab olishga bolgan ishtiyoq, qiziqish va qobiliyatlarini, uning shaxs bolib shakllanishini ta`minlaydi. Oquvchi orta maktabda fan asslari boyicha tizimli bilimlarni oladi. Ta`lim jarayonida keng dunyoqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo boladi. Xalqning boy ma`naviy va madaniy merosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi olamga bolgan gamxorlik hissi uygotib boriladi. Orta maktab oquvchilar uchun maktab fanlarini mustaqil organishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Orta ta`limning tarkibiy qismiga majburiy va qoshimcha komponentlar kiradi.

Majburiy komponent davlat ta`lim standartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi. Uning muvaffaqiyati orta ta`lim muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida belgilanadi.

Qoshimcha komponent ishtirokchining talab va qobiliyatidan, maktabning moddiy-texnik va kadrlar bilan ta`minlanganlik darajasidan, hududning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga bolgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qoshimcha oquv vazifalar hajmi Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar asosida taqsimlanadi. Maktabning oquv tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va umumiy orta ta`limning oquv dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Oquv fanlari, umumiy ta`lim dasturlari royxati, oquv vaqtining davomiyligi Bazisli uquv reja va umumiy orta ta`limning davlat ta`lim standartlari bilan belgilanadi.

Umumiy orta ta`lim qatnab oqish va bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar beriladi.

Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini ozlashtirgan ishtirokchilarga, Xalq ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksterna haqidagi nizomga asosan, eksterna tartibda attestatsiyadan otish huquqi beriladi.

Manba: ziyonet.uz

Chop etish