O'zb  |    |     |  Eng
» Umumiy malumot
Umumiy malumot
Ozbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:

davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;
ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.

Ozbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir.
Ozbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi korinishlarda amalga oshiriladi:

maktabgacha ta`lim;
umumiy orta ta`lim;
maktabdan tashqari ta`lim;
orta maxsus kasb-hunar ta`limi;
oliy ta`lim;
oliy ta`limdan keyingi ta`lim;
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash.


Ta`limni boshqarish organlari


Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.


Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:


ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;
davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;
ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta`lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;
ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;
boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga Ozbekiston Respublikasi hududida ta`lim korsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli ekanligini ornatish;
davlat ta`lim standartlarini belgilash;
davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;
ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;
davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;
ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga otkazish tartibini belgilash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.

Ozbekistonda ta`lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va Orta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OOMTV) - amalga oshiradi.

XTV - maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida 5 ta oliy ta'lim muassasasi va 16 ta oqituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bolimlariga ega.

ƠzR XTV tizimi tashkiliy tuzilmasi



OOMTV - respublikada oliy va orta maxsus, kasb-hunar ta`limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik oz faoliyati bo'yicha Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga Orta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Oliy va orta maxsus ta`lim, kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi va idoraviy mansub oliy oquv yurtlari kiradi.

ƠzR OƠMTV tizimi tashkiliy tuzilmasi




Davlatimiz fuqarolarining bilim olishlari Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. Ozbekiston Respublikasi yoshlar tarbiyasida ta`lim muxim ahamiyat kasb etadi. Vatan ostonadan boshlanganidek, bolalarimiz ta`lim-tarbiyasi oiladan boshlanadi. Demak, kelajak avlodimiz har taraflama yetuk, soglom, bilimli, oz vataniga sadoqatli bolib yetishishi uchun har birimiz mas`ulmiz. E`tiboringizga ta`lim tizimining asosiy boshqaruv organlari, XTV va OOMTV togrisidagi Nizomlarni havola qilamiz. Ta`lim va tarbiya togrisidagi fikr-mulohazalaringizni forumning "Ta`lim" bolimida bildirishingiz mumkin. Buning uchun albatta forum royxatidan otishingiz shart.

Manba: ziyonet.uz

Chop etish