DataLife Engine > Oliy oquv yurtidan keyingi talim

Oliy oquv yurtidan keyingi ta'lim

Oliy oquv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bolgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta'lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.

Oliy oquv yurtidan keyingi ta'limni oliy oquv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida olish mumkin. Oliy oquv yurtidan keyingi ta'lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga kora fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.

Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga kora tegishli ravishda fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Oliy oquv yurtidan keyingi ta'limni qollab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni oz ichiga oladi:

Ta'lim togrisidagi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan otkazish tizimini takomillashtirish;
kasb ta'limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilgor pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
rivojlangan mamlakatlarning ilgor ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yonalishlar boyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
fan, texnologiya va ta'lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.

Manba: ziyonet.uz