O'zb  |    |     |  Eng
» O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi
O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi
Umumiy orta ta'lim negizida oqish muddati uch yil bolgan majburiy orta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimidagi mustaqil turdir. Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi yonalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji oquvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Akademik litsey davlat ta'lim standartlariga muvofiq orta maxsus ta'lim beradi, oquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yonaltirilgan ta'lim olishini ta'minlaydi.

Akademik litseylarda oquvchilar ozlari tanlab olgan ta'lim yonalishi boyicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur organishga qaratilgan maxsus kasb-hunar konikmalarini ozlarida shakllantirish imkoniyatiga ega boladilar. Bu konikmalarni oqishni muayyan oliy ta'lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida royobga chiqarishlari mumkin.

Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida orta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi; oquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va konikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar boyicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.

Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, oquv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta'lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli oquv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olish oquvchilarga oz bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bolishni ta'minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta'limning keyingi bosqichlarida oqishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar boyicha mehnat faoliyati bilan shugullanish huquqini beradi.

Manba: ziyonet.uz

Chop etish