O'zb  |    |     |  Eng
» Oliy talim
Oliy talim
Oliy ta`lim haqida

Oliy ta`lim atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qollagan va oz ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.

Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga ozi tanlagan yonalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda oz hissasini qoshadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bolgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.

Oliy ta`lim muassasalari

Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi korinishlari bor:

universitet oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga gallayotgan sohasi boyicha yoki keyinchalik oqishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e`tibor qaraetiladi;
akademiya oliy ta`lim dasturini bajarishda oliy ta`lim berish bilan bir qatorda keyinchalik oqishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yonalishga tayyorlaydi;
institut barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yonalishga qaratilgan bilim beriladi.

Oliy ta`lim olish uchun nodavlat muassasalarini tuzishga qonunchilik ruxsat beradi. Ushbu muassasaga davlat akkretaditatsiyani attestatsiya dan tegishli tartibda otgachgina bersa u oqitish huquqiga ega.

Oliy ta`lim muassasalarining Attestatsiya u davlatga tegishli yoki xususiyligidan qat`iy nazar, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish Boshqarmasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tasdiqlagan, Davlat test markazi tomonidan qabul qilingan pedagogik kadrlar va ta`lim muassasalarining attestatsiyadan otkazish Nizomi asosida oliy ta`lim muassasalarining professor-oqietuvchilar jamoasi attestatsiyasidan otkaziladi. Attestatsiya natijalariga kora istalgan oliy oquv muassasasi davlat akkreditasisidan mahrum etilishi mumkin.

Eksternat oliy ta`lim dasturiga muvofiq oliy ta`lim muassasasining oqitiluvchi tartibini keyingi(joriy va kuniy) attestatsiyagacha tanlangan yonalish (mutaxassislik) boyicha mustaqil organish.

Masofaviy ta`lim
asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta`lim muassasasidan uzoqda oquv dasturidagi mavjud bilimlarni ozlashtirish. U zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyaning texnik vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Kunduzgi oqitish boyicha mutaxassislarni tayyorlashning yonalishlari royxati Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Oliy ta`limning maqsad va vazifalari


Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga ozi tanlagan yonalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda oz hissasini qoshadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma`naviyatga bolgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.

Oliy ta`limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

davlat ta`lim standartiga muvofiq zamonaviy dasturlar asosida oqitishning sifatini ta`minlash;
oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
ilm-fan, madaniyat, iqtisodning zamonaviy tuqlari, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy istiqbolini tuqlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
oliy ta`limning insonparvarligini ta`minlash maqsadida yoshlar tarbi siga milliy istiqlol goyasi asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga, oilaga, atrof-muhitga muhabbatni singdirish;
oqitishning interfaol usullarini, pedagogik innovasion hamda axborot kompyuter texnologiyalarini, mustaqil ta`lim olish, masofaviy ta`lim tizimini amaliyotga joriy qilish;
oliy ta`limda fan va ishlab chiqarish mexanizmlarining uygunligi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotda qollash;
ilmiy-pedagogik kadrlar va talim oluvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati, ilmiy tadqiqotlari yordamida fan, texnika, texnologiyalarni rivojlantirish, ta`lim jarayoni orqali mamlakat iqtisodining rivojlanishiga hissa qoshish;
davlat va nodavlat oliy oquv muassasalarini rivojlantirish asosida ta`lim xizmatlari bozorida raqobatni zaga keltirish;
oliy oquv muassasalarini boshqarish va kengaytirishni takomillashtirish uchun jamoat boshqaruvining vasiylik va kuzaetuvchi kengashlarni kiritish;
ta`lim va kadrlar tayyorlash sifatini tekshirish uchun marketing tadqiqotlarini olib borish, yonalishi boyicha belgilangan mehnat bilan ta`minlash monitoringini tuzish;
oliy ta`lim sohasida ikki tomonlama foydali xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

Oliy ta`lim tuzilishi

Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan:

davlat va nodavlat oliy ta`lim muassasalarida ta`lim dasturining bajarilishi davlat ta`lim standartiga muvofiq yonalishlar va mutaxassisliklar asosida olib boriladi;
ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy tadqiqot ishlarini oliy ta`limni huquqiy-normativ va ilmiy-metodik jihatdan ta`minlash uchun eritishadi;
oliy ta`limni boshqarish davlat organlarining vakillari, shuningdek, ularga tegishli korxona, muassasa, tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.

Ozbekiston Respublikasida oliy ta`lim muassasalarining quyidagi turlari mavjud: universitet, akademiya, institut (ular bilan teng mavqegayaga bolgan oquv muassasalari).

Universitet:

oliy va undan keyingi ta`lim uchun ta`limni bir necha yonalishda beradi;
turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;
fanning turli yonalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib boradi;
ilm sohasi bilan chambarchas bogliq ilmiy va metodik markaz hisoblanadi.

Akademiya:

ta`lim sohasida ma`lum belgilangan oliy va oliy ta`limdan songgi ta`lim berishga moljallangan oquv dasturini bajaradi;
mutaxassislarning bilimlarini belgilangan tartibda malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;
fan, madaniyat, san`at sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi;
oz faoliyati doirasida etakchi ilmiy, metodik markazi hisoblanadi.

Institut:

oliy va oliy ta`limdan keyingi oquv dasturlarini bajarishni ta`lim va fanning ma`lum bir me`yorida amalga oshiradi;
mutaxassislarni ma`lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shugullanadi;
fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi.

Oliy ta`lim muassasasining davlat ta`lim standartini mutaxassislik yonalishlari boyicha bajarilishini, kadrlar tayyorlash sifati davlat tomonidan tayinlangan organ oliy ta`lim boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Pedagogik kadrlar va oquv muassasalarini attestatsiya dan otkazish, kadrlar tayyorgarligi sifatini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.


Bakalavriat

Ta`lim togrisida va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi togrisida Nizom bilan, oliy ta`lim muassasalari talabalari oqishini kochirish, qayta tiklash va oqishdan chetlashtirish tartibi Oliy ta`lim muassasalari talabalari oqishini kochirish, qayta tiklash va oqishdan chetlashtirish tartibi togrisida Nizom bilan belgilanadi.

Bakalavriat fundamental bilimlar beriladigan asosiy oliy ta`lim bolib, tort yil davom etuvchi oliy ta`limning yonalishlaridan biri. Bakalavriyatda ishlab chiqarishdan ajratmagan holda ta`lim jarayonining davom etish muddati bir yildan kam bolmagan vaqtga uza edi.

Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga kora, bakalavriyat ta`lim daturining oxirida tayorlov yonalishiga kora bakalavr akademiyak unvoni, munosib kokrak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi beriladi.

Ta`lim dasturining tarkibiy qismiga, bakalavr tayorlashning kerakli darajasiga, oquv vazifalarning maksimal hajmiga, kadrlar tayyorlash sifat nazoratining prosedura va mexanizmlariga umumiy talablar, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan 343-chi Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlari. Asosiy nizomlar qarori bilan belgilanadi. ( 15-16, Ozbekiston Respublikasi qonunlar majmuasi, 104 bet).

Bakalavrning professional faoliyat sohasi va turi xarakteristikasi, kvalifikatsion talablar va oquv fanlari boyicha talablar, ta`lim dasturining struktura va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish aniq tayorlov yonalishi boyicha davlat ta`lim standartlari orqali belgilanadi.

Bakalavriyatning mos yonalishlari uchun, davlat ta`lim standartlari asosida, oliy ta`limni boshqarish boyicha davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan oquv reja va dasturlar, oquv fanlari ishlab chiqiladi.

Bakalavriyatda bir xil profilli (umumiy kasb xunar tayyorgarligi oxshash) orta maxsus, kasb xunar ta`limiga ega bolgan shaxslarga, oliy ta`limning shu yonalishidagi oquv rejalariga bogliq (ketma-ketlikni ta`minlovchi) ta`lim dasturini toliq gallashning tezkor imkoniyatlari beriladi.

Oquv rejasiga bogliq yonalish royxati va kadrlar tayyorlash sharoitlari Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.

Bakalavr:

yonalish boyicha lavozimga tayyorlangan oliy ma`lumotga ega bolgan shaxslar bilan almashtirilishi kerak bolgan ishga;
bakalavriyatning mos keluvchi yonalishlar doirasida tanlagan mutaxassislik boyicha magistraturada oliy ta`limini davom ettirishga;
qoshimcha professional ta`limni kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida olishga tayor.

Bakalavrlarni ngi yonalishlari boyicha tayyorlash huquqi oliy ta`lim muassalarining oliy ta`limni boshqarish boyicha davlat vakolatli organi rasmiy iltimosiga binoan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Magistratura

Ta`lim togrisida va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish tartibi Oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi togrisida Nizom bilan belgilanadi.

Magistratura bakalavriyat asosidagi ikki yildan kam bolmagan aniq mutaxassislik boyicha oliy ta`limning davomi hisoblanadi. Magistraturada oqishning davomiyligi ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda olti oydan kam bolmagan vaqtga uza edi.

Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga kora, magistratura ta`lim daturining oxirida aniq mutaxassislik boyicha magistr akademiyak unvoni, munosib kokrak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi beriladi.

Ta`lim dasturining tarkibiy qismiga, magistr tayyorlashning kerakli darajasiga, oquv vazifalarning maksimal hajmiga, kadrlar tayyorlash sifat nazoratining protsedura va mexanizmlariga umumiy talablar, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan 343-chi Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlari. Asosiy nizomlar qarori bilan belgilanadi. ( 15-16, Ozbekiston Respublikasi qonunlar majmuasi, 2001 yil, 104 bet).

Magistrning professional faoliyat sohasi va turi xarakteristikasi, kvalifikatsion talablar va oquv fanlari boyicha talablar, ta`lim dasturining struktura va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish magistraturaning aniq mutaxassisligi boyicha davlat ta`lim standartlari orqali belgilanadi.

Magistraturaning mos mutaxassisligi uchun, davlat ta`lim standartlari asosida, oliy ta`limni boshqarish boyicha davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan oquv reja va dasturlar, oquv fanlari ishlab chiqiladi.

Magistr:

aniq mutaxassisik boyicha mustaqil ilmiy tadqiqot, ilmiy pedagogik va boshqaruv, professional foaliyatini olib borishga;
magistraturaning mos keluvchi mutaxassisligi doirasida oliy ta`limidan keyingi aspiranturada davom ettirishga;
qoshimcha professional ta`limni kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida olishga tayor.

Oliy ta`lim muassasasida magistratura yonalishini ochishning asosiy sharti bu oquv tarbiyaviy jarayon bilan bogliq va yuqori malakali mutaxassislarni tayorlanishini ta`minlovchi mos kafedralarning ilmiy pedagogik potentsiali mavjudligi va ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori darajada olib borish imkoniyatining bolishi.

Magistrlarni yangi mutaxassisliklari boyicha tayyorlash huquqi oliy ta`lim muassalarining oliy ta`limni boshqarish boyicha davlat vakolatli organi rasmiy iltimosiga binoan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Oliy ta`lim muassasasi strukturasida magistraturaning maxsus bolimi (fakultet, markaz) ochiladi va unga quyidagi vazifalar beriladi:

talabalarning oquv-tarbiyaviy jarayonini tashkillashtirish va nazorat qilish, oquv-uslubiy xujjatlar va oquv-uslubiy ta`minotni ishlab chiqish;
magistrlar yetishtirib beruvchi kafedralar faoliyatini koordinatsiyalash;
magistrlar tayyorlash prosessining monitoringi.

Oliy ta`lim tizimini boshqarish

Ozbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimining boshqaruvi Vazirlar Maxkamasi va Ozbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida oliy ta`limni boshqarish davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim boshqaruv organi - Ozbekiston Respublikasi Oliy va Orta Maxsus Ta``lim Vazirligi hisoblanadi.

Oliy va Orta Maxsus Ta`lim Vazirligiga, tarkibida oliy ta`lim muassasalari mavjud bolgan vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi vazifalar beriladi:

bakalavr yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta`lim standartlarini, oquv reja va oquv fanlari dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-boqich kiritib borish, hamda respublika oliy ta`lim muasalarini ular bilan ta`minlash;
oliy ta`lim yonalish va mutaxassislik Klasifikotoriga zarur bolganda Ozbekiston Respublikasi vazirlar Maxkamasi bilan kelishilgan holda ozgartirishlar va qoshimchalar kiritish;
oliy ta`lim muassasi faoliyatining normativ-huquqiy ta`minotini ishlab chiqish va oquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish;
Ozbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari oquv-uslubiy boshqaruvini amalga oshirish;
oliy va orta maxsus kasb xunar ta`limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarini muvoqlashtirish;
Ta`lim, fan va ishlab chiqarishning normativ-uslubiy integratsiyasini ta`minlash.

Oliy ta`lim sifatini boshqarishning ijtimoiy shaklarini rivojlantirish maqsadida oliy ta`lim muassasalarining rektorlar kengashi tashkil qilingan bolib, uning faoliyati belgilangan nizom bilan tartibga solinadi.

Oliy ta`lim muassasalarining boshqaruvi Ozbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur nizom asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim muassasining bevosita boshqaruvi rektor tomonidan amalga oshiriladi. Davlat oliy ta`lim muassasasi rektori Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan, nodavlat oliy ta`lim muassasalari rektorlari ta`sischilar tomonidan tayinlanadi.

Oliy ta`lim muassasasining ish natijalari uchun toliq javobgarlik rektor zimmasida turadi. Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga va oliy ta`lim muassasa Nizomiga kora, rektor oliy ta`lim muassasasi nomidan barcha organ va tashkilotlarda faoliyat yuritadi, mol-mulkga belgilangan tartbda egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalarni taqdim etadi, bankda oliy ta`lim muassasasining hisob raqamini ochadi va kreditlar boshqaruvchisi hisoblanadi.

Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini amalga oshirilishining aloxida javobgarligi rektor zimmasiga klatilgan.

Oliy ta`lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor:

oliy ta`lim muassasasi ishchilar va talabalari uchun majburiy bolgan buyruq va topshiriqlarni chiqaradi;
prorektorlarning aniq majburiyatlarini va mas`uliyatlarini belgilab beradi;
ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedagogik xizmatchilarni Ozbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan boshatadi;
oliy ta`lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bolimlarining ilmiy tadqiqot, tajribiy- eksperimental kompetentsiyasini aniqlab beradi, va ularning nizomlarini tasdiqlaydi;
oliy ta`lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi yoki qoshimcha tolovlarni belgilab beradi;
kasaba uyushmasi qomitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi;
Qonunchilikda korsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.

Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablaglari chegarasida, oliy ta`lim muassasasi xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va oyliklarga ornatilgan limitlardan kelib chiqqan holda:

oliy ta`limni boshqarish boyicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy kengashning maslaxatiga kora fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega;
Ozbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ajratilgan shtatlarga dekan va dekan orinbosarlarini tayinlash huquqiga ega.

Oliy ta`lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini korib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi.

Ilmiy kengashning tarkibi, vakolatlari, tartibi va faoliyati oliy ta`imni boshqarish boyicha davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan Tipovoy qarori bilan tartibga solinadi.

Oliy ta`lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi bolgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. Uning tarkibiga ta`sischilar, mahalliy hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa ta`lim muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va xomiylarning vakillari kiradi.

Oliy ta`lim muassasasi shu oliy ta`lim muassasasi qoshida tashkil topgan akdemik litseylarning boshqaruvini va bir xil profilli kasb-xunar kollejlarning homiyligini amalga oshiradi.

Oliy ta`lim muassasasi haqidagi amaldagi qonunchiligiga va Nizomiga kora unda ijtimoiy tashkilotlar, ilmiy va kongilli jamiyatlar, dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga ohshashlarni tashkil qilinishi taqiqlanadi.

Oliy ta`lim muassasasi tasdiqlangan ishchilar miqdori va byudjet chegarasida (davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablaglar), talabalarning miqdoridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda oz strukturasini shakllantiradi.

Manba: ziyonet.uz

Chop etish