DataLife Engine > Umumiy, talim > Al –Farg‘oniy dam olish uyida joriy yilning 7-22 avgust kunlari tashkil etildi

Al –Farg‘oniy dam olish uyida joriy yilning 7-22 avgust kunlari tashkil etildi


23-08-2017, 16:26. Đŕçěĺńňčë: admin
Al –Farg‘oniy dam olish uyida joriy yilning 7-22 avgust kunlari tashkil etildi

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari viloyat kengashining qo‘shma buyrug‘iga asosan, yangi o‘quv yili oldidan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, ilg‘or ish tajribalarini targ‘ib qilish orqali ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirishga yo‘naltirilgan maqsadli o‘quvlar tashkil etildi. Unga ko‘ra, viloyatimizning umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 470 nafar fan o‘qituvchilari joriy yilning 7-11 va 19-22 avgust kunlari Quvasoy shahrida joylashgan Al-Farg‘oniy dam olish maskanida o‘qish bilan birga, maroqli dam oldilar. O‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur o‘quvlar 5 bosqichda amalga oshirilmoqda. Belgilangan rejaga ko‘ra, shu kungacha o‘tkazilgan 5 bosqichda 100 nafardan 470 nafar pedagog xodimlar 2 kun davomida ana shu mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.
Mazkur jarayon uchun o‘quv dasturlari hamda ma’ruza matnlari ishlab chiqilib, mashg‘ulot olib borishga malakali trenerlar viloyat tasarrufidagi muassasalardan va Farg‘ona viloyat XTXQTMOI o‘qituvchilari jalb etildi.
“Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi A.Ahmedov, U.Nosirova, Farg‘ona shahridagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi R.Kalonov, Farg‘ona shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi YO.Xalilova, Farg‘ona viloyati XTXQTMOI “Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.SHarobutdinova, Farg‘ona shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi D.Mirkomilov, Farg‘ona viloyati xalq ta’limi tasarrufidagi 4-IDUMI matematika fani o‘qituvchisi U.Majidov, Oltiariq tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi M.Muqimova, Farg‘ona viloyati XTXQTMOI maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi I.To‘raqulov, U.Maqsudov, Farg‘ona viloyati XTXQTMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi mudiri M.Payazov, Farg‘ona viloyatiXTXQTMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi T.Qurbonov, Uchko‘prik tumani 4–IDUM tarix fani o‘qituvchisi T.Mamadaliev, Farg‘ona viloyati tasarrufidagi 4-VIDUMI geografiya fani o‘qituvchisi D.Izbaeva, Quvasoy shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi I.Aliqulov rejada ko‘rsatilgan 18 soat mavzular bo‘yicha ma’lumotlar etkazilib, ularni qiziqtirgan dolzarb masalalar echimlari muhokama qilinib o‘zaro fikr va malaka almashishdi.

Fotolavhalar
Al –Farg‘oniy dam olish uyida joriy yilning 7-22 avgust kunlari tashkil etildi

Al –Farg‘oniy dam olish uyida joriy yilning 7-22 avgust kunlari tashkil etildi

Al –Farg‘oniy dam olish uyida joriy yilning 7-22 avgust kunlari tashkil etildi

Âĺđíóňüń˙ íŕçŕä