O'zb  |    |     |  Eng
» » Aniq va tabiiy fanlar o`qituvchilari Forumi haqida

Aniq va tabiiy fanlar o`qituvchilari Forumi haqida

: Umumiy, talim
Aniq va tabiiy fanlar o`qituvchilari Forumi haqida

Joriy yilning 8-9 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika universitetining majlislar zalida Aniq va tabiiy fanlarni o`qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammmo va yechimlar mavzusida Aniq va tabiiy fanlar o`qituvchilari Respublika Forumi o`tkazildi. Forumda respublikamizning barcha viloyatlaridan jami 300 ta ishtirokchilar jumladan, viloyatimizdan 25 nafar Aniq va tabiiy fanlari o`qituvchilari ishtirok etishdi. Toshkent shahrining
Forumdan ko`zlangan maqsad, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus talim vazirligi bilan hamkorlikda aniq va tabiiy fanlarni o`qitish sifat va samaradorligini oshirish, olib borilayotgan ishlarni sarhisob qilish, aniqlangan muammolar yechimini topish, tizimga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, o`qituvchilarning ijodkorligi va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, ilg`or ish tajribalarini ommalashtirish, mazkur fanlardan dars berayotgan pedagoglarning nufuzini oshirish borasida mustaqil yurtimizda 25 yil davomida erishilgan yutuqlar, keng ko`lamli islohotlarning tub mohiyati va ahamiyatini keng targ`ib qilishdan iboratdir.
Bugungi kunda zimmamizga qo`yilgan vazifalar masuliyatli ekanligini anglagan holda, o`quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish hamda talim sifatini yanada yaxshilash maqsadida o`qituvchilarga metodik xizmatni yo`lga qo`yish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, umumtalim fanlarining takomillashtirilgan talim standartlari, darslik va o`quv-metodik majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish, umumtalim fanlarini o`qitishning uzluksizligi va izchilligini yanada takomillashtirishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish maqsadida umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar talim muassasalarida uzviy o`qitiladigan 18ta umumtalim fanlari bo`yicha amaliyotchi o`qituvchilar, metodistlar hamda yetakchi olimlardan iborat ishchi guruhi tomonidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat talim standarti va o`quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilib 76 ta maktab, 52 ta kasb-hunar kolleji va 18 ta akademik litseylarda tajriba-sinov ishlari olib borilmoqda.
Dastlab ishtirokchilar Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Quyosh sandoni ilmiy-ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdilar. Botanika bog`i bilan tanishish damlari hamda Olimlar bilan uchrashuv forum ishiga ko`tarinkilik bag`ishladi.
Forumning ikkinchi turi Aniq va tabiiy fanlar talimida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi istiqbol vazifalar mavzusida O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vaziri, pedagogika fanlari doktori, professor Inoyatov Ulug`bek Ilyasovichning maruzasi tinglandi. Shuningdek, mazkur forumda Toshkent Davlat pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarboevich Pedagogika oliy talim muassasalarida aniq va tabiiy fanlardan yetuk mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari, Xorazm viloyati Gurlan tuman 5-umumiy o`rta talim maktabi direktori, O`zbekiston Qahramoni Mahmudova Anora Madaminovaning Matematika talimining sifat va samaradorligini oshirishda multimedia resurslarining ahamiyati, Nizomiy nomidagi TDPU, Pedagogika fanlari doktori, professor Tolipova Jamila Olimjonovnaning Biologiya talimi jarayonida o`quvchilarda kompetensiyalarni shakllanishida innovatsion texnologiyalarning o`rni, Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya va uni o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Alimqulov Nusrat Rahmonqulovich Tabbiyot va geografiya fani talimining innovatsion texnologiyalari: muammo va yechimlar, Respublika Talim markazi mutaxassisi, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan xalq talimi xodimi, Turdiev Narziqul Sheronovichning Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat talim standartlarini amaliyotga joriy etish:muammo va yechimlari mavzusida maruzalari bilan ishtirok etishdi.
Forumda Matematika, Fizika, Informatika, Kimyo, Biologiya, Geografiya yo`nalishlarida ish olib borildi. Mazkur Forumga viloyatimizdan xabarnomada ko`rsatilgan talab asosida jami 98ta tezis masullar tomonidan saralab olinib, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O`zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining elektron manziliga jo`natildi.
Viloyatimizdagi shahar (tumanlardan) quyidagi aniq va tabiiy fanlar o`qituvchilarining tezislari to`plam holatida chop etildi. Jumladan, Yozyovon tumanidagi 1-sonli maktab o`qituvchisi R. Aripovning Geografiya fanini o`qitishdagi dolzarb masalalar, Marg`ilon shahridagi 16- maktab o`qituvchisi U.X. Ahmedovning Umumiy o`rta talim maktabi 9-sinflarida informatika fanini o`qitishda Dasturlash asoslari bo`limini o`rganish muammolari, Buvayda tumanidagi 35-maktab o`qituvchisi R. Mamatqulovning Geografiya darslarini o`qitishda geografik xarita va atlaslardan foydalanish, Yozyovon tumanidagi 28-maktab o`qituvchisi Z.Marayimovning Informatika fanini o`qitish samaradorligini yanada oshirish, Farg`ona shahar 13-maktab o`qituvchisi E.M.Mirasrorovaning Noviy podxod k izucheniyu matematiki v shkole, Farg`ona VXTXQTMOI kafedra mudiri, f-m. f.n., Z.M.Mo`minov hamda Z.X. Siddiqovning Maktab geometriya kursini o`rganish muammolari, VXTXQTMOI o`qituvchisi R.O`rmonovaning Kremniy va uning birikmalari mavzusini o`qitishda zamonaviy pedagogika texnologiyadan foydalanish, Farg`ona shahar 40-IDUM o`qituvchisi Z.J.Qodirovaning Informatika fanini o`qitishda o`rgatuvchi dasturlardan foydalanish, O`zbekiston tumanidagi 65-IDUM o`qituvchisi M.Toshtemirovaninig Geografik atamalarni o`rganishda axborot resurslaridan foydalanishning ahamiyati, mavzusidagi tezislari Forum jurnalida to`plam holatida chop etildi.
Forum yakunida viloyatlardan tashrif buyurgan bir nafardan ilg`or tashabbuskor, ijodkor fidoyi, yoshlarni barkamol shaxslar etib tarbiyalayotgan, talim-tarbiya jarayonida ilg`or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanib, ijobiy natijalarga erishayotgan aniq va tabiiy fan o`qituvchilari vazirlik tarmoq mukofoti hamda Fahriy yorlig`i bilan taqdirlandilar. Xususan, mazkur Forumda O`zbekiston Respublikasi xalq talimi vaziri U.I. Inoyatov tomonidan Qo`qon shahar XTMFMTTEB Aniq va tabiiy fanlar metodisti Odina Isroilova Fahriy yorliq hamda Oltiariq tumanidagi 7-umumiy o`rta talim maktabining geografiya fani o`qituvchisi Karimova Rohatxon Xalq talimi alochisi ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar. Mazkur Forum ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Farg'ona viloyati xalq talimi boshqarmasi mutaxassisi
Gullola Ibragimova
, . .
(2)
OcenkaMinsk 18 2016 14:39
: http://www.belpromocenka.mns.by

, , , :

* (, , ), , ;

* , "" ;

* ;

* , ( , );

* ;

*
, , () , ;

* , , , ;

* , , , , , ( - );

* , ;

* .

- , , , , .

: (029) 111-33-88

: http://www.belpromocenka.mns.by

.
          1
CurtisNug 3 2017 09:46
ktpbobm

http://www.mein-beat.ch/
http://www.cdbs.es/
http://www.greenearth.es/
http://www.canada goose herr
http://www.izkra.dk/

canada goose outlet
moncler jacken
moncler outlet
canada goose jacke
woolrich outlet
          2