DataLife Engine > Umumiy, talim, jamiyat > 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni


26-06-2016, 06:54. Đŕçěĺńňčë: admin Mazkur shior ostida Farg‘ona shahridagi Al-Farg‘oniy nomli markaziy istirohat bog‘ida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman-shaharlardagi “Barkamol avlod” markazlari to‘garaklariga a’zo bo‘lgan ijodkor o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha eng sara asarlarida tashkil topgan rasmlar ijodiy ko‘rgazmasi, asfaltga rasm chizish, shahmat-shashka musobaqalari tashkil etildi. Sportsevar o‘quvchilarning chiqishlari namoyish qilindi.
Anjumanda o‘zining 20 dan ortiq mavzuga doir asarlari bilan ishtirok etgan Qo‘shtepa tumani “Barkamol avlod” markazi “Yosh rassomlar” to‘garagi a’zosi, tumandagi 50-maktabning 7-sinf o‘quvchisi yosh rassom Nazokat Komiljonova ham faol ishtirok etdi.
– Men bugun ushbu tadbirda ishtirok etayotganimdan g‘oyat xursandman, – dedi u biz bilan suhbatda. – Qalbimdagi insoniyatga qaratilgan giyohvandlik balosiga qarshi bo‘lgan barcha tuyg‘ularimni o‘z asarlarimda aks ettirganman. Bugun tanlovga 21 ta asarimni tavsiya qildim. Men asosan qog‘ozda va sopol buyumlarda bo‘yoq va grafika asosida suratlar chizaman. Yaqinda Toshkentda o‘tkazilgan “Bolalar ijodiyoti” festivalida o‘z asarlarim bilan ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdim.
Anjumanda oltiariqlik yosh rassom Abdulaziz Alijonov, quvasoylik Mahmud Rustamov, Farg‘ona shahrilik Diyana Kamolova, toshloqlik SHahzoda To‘xtarova, Muhammad Adhamjonovlar o‘z asarlari bilan tadbir ishtirokchilarining e’tiroflariga sazovor bo‘ldilar.
Farg‘ona shahridagi 5-maktab sportsevar o‘quvchilarning sportning turpli yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari ham ishtirokchilar tahsiniga sazovor bo‘ldi. Tadbir davomida shahmatsevar o‘quvchilar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.
– Bugun yuzlab iqtidorli o‘quvchilarimiz o‘z asarlari bilan anjumanda ishtirok etmoqdalar, – deydi BAM rahbari D.A’zamov, – bunday ijodiy ko‘rgazmadan maqsad – o‘sib kelayotgan yosh avlod ongu shuurida giyohvandlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini uyg‘otish, vatanparvarlik hislarini yanada jo‘sh urdirishdan iboratdir. Bugungi anjuman yangi-yangi iqtidorlarni kashf etgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Anjuman doirasida san’atsevar o‘quvchi-yoshlarning konsert dasturi ham namoyish etildi. Tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchilar viloyat hokimligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimligi va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma rahbarlari ishtirok etdilar.


26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

Ko'rgazmadan namunalar

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

Âĺđíóňüń˙ íŕçŕä