O'zb  |    |     |  Eng
» » 26 iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

: Umumiy, talim, jamiyat
Mazkur shior ostida Fargona shahridagi Al-Fargoniy nomli markaziy istirohat bogida manaviy-marifiy tadbir otkazildi. Tadbirda tuman-shaharlardagi Barkamol avlod markazlari togaraklariga azo bolgan ijodkor oquvchilarning mavzu boyicha eng sara asarlarida tashkil topgan rasmlar ijodiy korgazmasi, asfaltga rasm chizish, shahmat-shashka musobaqalari tashkil etildi. Sportsevar oquvchilarning chiqishlari namoyish qilindi.
Anjumanda ozining 20 dan ortiq mavzuga doir asarlari bilan ishtirok etgan Qoshtepa tumani Barkamol avlod markazi Yosh rassomlar togaragi azosi, tumandagi 50-maktabning 7-sinf oquvchisi yosh rassom Nazokat Komiljonova ham faol ishtirok etdi.
Men bugun ushbu tadbirda ishtirok etayotganimdan goyat xursandman, dedi u biz bilan suhbatda. Qalbimdagi insoniyatga qaratilgan giyohvandlik balosiga qarshi bolgan barcha tuygularimni oz asarlarimda aks ettirganman. Bugun tanlovga 21 ta asarimni tavsiya qildim. Men asosan qogozda va sopol buyumlarda boyoq va grafika asosida suratlar chizaman. Yaqinda Toshkentda otkazilgan Bolalar ijodiyoti festivalida oz asarlarim bilan ishtirok etib, faxrli 3-orinni qolga kiritdim.
Anjumanda oltiariqlik yosh rassom Abdulaziz Alijonov, quvasoylik Mahmud Rustamov, Fargona shahrilik Diyana Kamolova, toshloqlik SHahzoda Toxtarova, Muhammad Adhamjonovlar oz asarlari bilan tadbir ishtirokchilarining etiroflariga sazovor boldilar.
Fargona shahridagi 5-maktab sportsevar oquvchilarning sportning turpli yonalishlari boyicha korgazmali chiqishlari ham ishtirokchilar tahsiniga sazovor boldi. Tadbir davomida shahmatsevar oquvchilar ortasida musobaqa tashkil etildi.
Bugun yuzlab iqtidorli oquvchilarimiz oz asarlari bilan anjumanda ishtirok etmoqdalar, deydi BAM rahbari D.Azamov, bunday ijodiy korgazmadan maqsad osib kelayotgan yosh avlod ongu shuurida giyohvandlikka qarshi nafrat tuygularini uygotish, vatanparvarlik hislarini yanada josh urdirishdan iboratdir. Bugungi anjuman yangi-yangi iqtidorlarni kashf etgani bilan ahamiyatli boldi.
Anjuman doirasida sanatsevar oquvchi-yoshlarning konsert dasturi ham namoyish etildi. Tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan oquvchilar viloyat hokimligi, viloyat xalq talimi boshqarmasining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimligi va viloyat xalq talimi boshqarmasi hamkorligida otkazilgan mazkur tadbirda viloyat hokimi orinbosarlari, boshqarma rahbarlari ishtirok etdilar.


26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

Ko'rgazmadan namunalar

26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26 iyun  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
, . .