O'zb  |    |     |  Eng
» » Talim tizimida Axborot- kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish-ning sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan oldimizda turgan ustivor vazifalar mavzusida oquv amaliy seminari

Talim tizimida Axborot- kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish-ning sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan oldimizda turgan ustivor vazifalar mavzusida oquv amaliy seminari

: Umumiy, talim, AKT
Yosh avlodni kuchli, bilimli, intellektual salohiyatli, qolaversa vatanparvar, xalqparvar etib tarbiyalash uchun talim-tarbiyaga yangicha yondashish, uni singdirishda va amalga oshirishda yangicha uslub va mazmun, shakl hamda vositalardan, yani manbalardan foydalanish taqozo etiladi. Buning uchun eskicha ishlash bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bolmasligini biz pedagoglar chuqur anglamogimiz kerak.
Aynan ana shu maqsadlarni royobga chiqarishga etibor qaratilib davlatimiz tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Navbatdagi vazifa oqituvchi, pedagog-xodimlarning kompyuter savodxonliklari rivojlantirilib, oz ish faoliyatlari davomida axborot-texnologiyalaridan foydalanishni keng joriy etish hamda oquv jarayonida sifat va samaradorlikka erishishdir.
Malumki, XXI asr- Axborot kommunikatsion texnologiyalari asri. Bugungi kunda axborot texnologiyalaridan foydalanish, axborotlarni qabul qilish va uzatish, qayta ishlari, axborot manbaalar imkoniyatlarini chuqur organib olish shart va muhimdir.
Zamonaviy bilimlar sari keng yol ochish talim tizimini takomillashtirishda yangi axborot kommunikatsiya va Internet texnologiyalaridan unumli foydalanish-bugungi kunning asosiy talabiga aylandi.
Hozirda biz yangi yaratilgan va endi yaratilayotgan texnologiyalaridan innovatsion salohiyatlaridan talimda keng foydalanishni joriy etishimiz zarur.
Biz yangi texnologiyalardan tayyor echimlar kutib otirmasdan balki oqituvchi va oquvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bu texnologiyalarning rivojlanishiga oz ijobiy tasirimizni otkazishimiz kerak.
Hozirgi kunda umumtalim maktablarimiz tizimlashtirilgan va sifatli axborot manbalarini kutmoqda (bu erda internet tarmogi, multimediya vositalari, elektron darsliklar nazarda tutiladi) va albatta tabiiy va haqli jarayon.
Talimda axborot kommunikatsiya texnologiyalardan unumli va tizimli foydalanilsa umumtalim maktablari uchun yaratilayotgan yangi avlod oquv darsliklari, qollanma va vositalar imkoniyatlaridan foydalanishni muntazam joriy etish amalga oshirilsa, tabiiyki talim sifat va samaradorligi ortishiga erishiladi.
Globallashuv jarayonini hisobga oladigan bolsak, bugungi kunda hech qaysi faoliyat sohasi axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz istiqbolga erisha olmaydi. Mamlakatimizda nafaqat talim jarayoni, balki barcha jabhalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rolini oshirishga alohida etibor qaratilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan 2002-yildan Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda.
Ushbu dasturni amalga oshirishda biz pedagog kadrlar zimmasiga intiluvchanlik, izlanuvchanlik, yaratuvchilik salohiyati yuklanadi. Aynan ana shu maqsadlarni amalga oshirish bugunning dolzarb masalasidir.
Talim berishning bunday taraqqiyot bosqichi sifat jihatidan mutlaqo yangi texnologiyalarni samarali qollash zaruriyatini qoymoqda. Aynan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ushbu maqsadlarni royobga chiqarishning omili sifatida talim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga molikdir.
Bugungi maktab oquvchisi otilayotgan yoki ozlashtirayotgan mavzuni faqatgina maruza shaklida eshitib, oqib organgandan kora, korib, izlanib, tahlil etib ozi amaliyotda sinab organsa samaraliroq kechadi.
Ana shularni etiborga olib, umumtalim muassasalarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qollash va ulardan foydalanish
tajribasini organganimizda tahlillar shuni korsatmoqdaki, oqituvchilarimiz oz faoliyatlarida ushbu texnologiyalarning juda keng imkoniyatlaridan etarlicha foydalanisha olmayaptilar.
Ana shunday muammoli holatlarni echish va chora-tadbirini ishlab chiqish maqsadida 2016 yil 2 fevral kuni Buvayda tumani xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi tizimidagi talim muassasalarida Talim tizimida Axborot- kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning sifat va samaradorligini oshirish mavzusidagi viloyat amaliy seminari bolib otdi. Bunda viloyat boyicha tuman, shahar AKT mutaxassislari va informatika oqituvchilari Buvayda tumanidagi AKT boyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, Organ-orgat innovatsiyasi asosida malumotlarini ortoqlashdilar. Dasturga kora barcha talim muassasalarida malumotlarini dostona fikrlashgan mehmonlar kunning ikkinchi yarmida Buvayda tumani 17-Bolalar musiqa va sanat maktabiga yalpi yigilish uchun toplandilar. Bu erda kun tartibiga Fargona viloyat xalq talimi boshqarmasi Axborot kommunikatsion texnologiyalari boyicha mutaxassis Asliddin Mamajonov Talim tizimida Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish-ning sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan oldimizda turgan ustivor vazifalar mavzusida maruza qilib seminar ishtirokchilari uchun qimmatli malumotlarini etkazdilar. Navbati bilan sozga chiqqan maruzachilar Fargona viloyati xalq talimi boshqarmasi bolim boshligi Dilshodjon Azamov, Fargona Davlat Universiteti katta oqituvchisi Axrorjon, Raximov Quvvatali, Buvayda tumani xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi AKT mutaxassisi Bahodirjon Ernazarov Oz maruzalarini seminar ishtirokchilari bilan ortoqlashdilar. Qizgin suhbat va munozaraga boy bolgan yalpi yigilishda Seminar ishtirokchilar va barcha talim tizimidagi xodimlar kelajak avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishda ularning oldida juda katta masuliyat turganini, kelajakda talim jarayonida har bir pedagog AKT larini davlat talablari darajasida bilishi va uni yosh avlodga etkazishda betinim mehnat qilishlari, AKT ni bilish uchun har oyning 2-dushanba kunida toplanib fikr almashishlarini rejalashtirdilar. Bundan tashqari malumotlarni sifatli, samarali, va vaqtdan unumli foydalangan holda kelajak avlodga etkazish uchun har bir talim muassasaning rasmiy veb-saytlari Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli qarorining 3-ilovasida berilagn talablar boyicha yaratilganligi va undagi malumotlarning yangilab borilishini nazoratiga alohida urgu berib otildi.
Seminar ishtirokchilari yigilish yakunida bunday oquvlarni tez-tez va mazmunli otkazilishi, shu munosabat bilan talim muassasalaridagi korinib turgan muammolarning hal bolishi yanayam osonlashishini aytib otildi.
, . .