DataLife Engine > Umumiy, talim, AKT > Ta’lim tizimida Axborot- kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish-ning sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan oldimizda turgan ustivor vazifalar” mavzusida o‘quv amaliy seminari

Ta’lim tizimida Axborot- kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish-ning sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan oldimizda turgan ustivor vazifalar” mavzusida o‘quv amaliy seminari


4-02-2016, 05:04. Ðàçìåñòèë: admin Yosh avlodni kuchli, bilimli, intellektual salohiyatli, qolaversa vatanparvar, xalqparvar etib tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiyaga yangicha yondashish, uni singdirishda va amalga oshirishda yangicha uslub va mazmun, shakl hamda vositalardan, ya’ni manbalardan foydalanish taqozo etiladi. Buning uchun eskicha ishlash bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bo‘lmasligini biz pedagoglar chuqur anglamog‘imiz kerak.
Aynan ana shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga e’tibor qaratilib davlatimiz tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Navbatdagi vazifa o‘qituvchi, pedagog-xodimlarning kompyuter savodxonliklari rivojlantirilib, o‘z ish faoliyatlari davomida axborot-texnologiyalaridan foydalanishni keng joriy etish hamda o‘quv jarayonida sifat va samaradorlikka erishishdir.
Ma’lumki, XXI asr- «Axborot –kommunikatsion texnologiyalari» asri. Bugungi kunda axborot texnologiyalaridan foydalanish, axborotlarni qabul qilish va uzatish, qayta ishlari, axborot manbaalar imkoniyatlarini chuqur o‘rganib olish shart va muhimdir.
Zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi axborot kommunikatsiya va Internet texnologiyalaridan unumli foydalanish-bugungi kunning asosiy talabiga aylandi.
Hozirda biz yangi yaratilgan va endi yaratilayotgan texnologiyalaridan innovatsion salohiyatlaridan ta’limda keng foydalanishni joriy etishimiz zarur.
Biz yangi texnologiyalardan tayyor echimlar kutib o‘tirmasdan balki o‘qituvchi va o‘quvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bu texnologiyalarning rivojlanishiga o‘z ijobiy ta’sirimizni o‘tkazishimiz kerak.
Hozirgi kunda umumta’lim maktablarimiz tizimlashtirilgan va sifatli axborot manbalarini kutmoqda (bu erda internet tarmog‘i, multimediya vositalari, elektron darsliklar nazarda tutiladi) va albatta tabiiy va haqli jarayon.
Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalardan unumli va tizimli foydalanilsa umumta’lim maktablari uchun yaratilayotgan yangi avlod o‘quv darsliklari, qo‘llanma va vositalar imkoniyatlaridan foydalanishni muntazam joriy etish amalga oshirilsa, tabiiyki ta’lim sifat va samaradorligi ortishiga erishiladi.
Globallashuv jarayonini hisobga oladigan bo‘lsak, bugungi kunda hech qaysi faoliyat sohasi axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz istiqbolga erisha olmaydi. Mamlakatimizda nafaqat ta’lim jarayoni, balki barcha jabhalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan 2002-yildan Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda.
Ushbu dasturni amalga oshirishda biz pedagog kadrlar zimmasiga intiluvchanlik, izlanuvchanlik, yaratuvchilik salohiyati yuklanadi. Aynan ana shu maqsadlarni amalga oshirish bugunning dolzarb masalasidir.
Ta’lim berishning bunday taraqqiyot bosqichi sifat jihatidan mutlaqo yangi texnologiyalarni samarali qo‘llash zaruriyatini qo‘ymoqda. Aynan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishning omili sifatida ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga molikdir.
Bugungi maktab o‘quvchisi o‘tilayotgan yoki o‘zlashtirayotgan mavzuni faqatgina ma’ruza shaklida eshitib, o‘qib o‘rgangandan ko‘ra, ko‘rib, izlanib, tahlil etib o‘zi amaliyotda sinab o‘rgansa samaraliroq kechadi.
Ana shularni e’tiborga olib, umumta’lim muassasalarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va ulardan foydalanish
tajribasini o‘rganganimizda tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilarimiz o‘z faoliyatlarida ushbu texnologiyalarning juda keng imkoniyatlaridan etarlicha foydalanisha olmayaptilar.
Ana shunday muammoli holatlarni echish va chora-tadbirini ishlab chiqish maqsadida 2016 yil 2 fevral kuni Buvayda tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Ta’lim tizimida Axborot- kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning sifat va samaradorligini oshirish” mavzusidagi viloyat amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Bunda viloyat bo‘yicha tuman, shahar AKT mutaxassislari va informatika o‘qituvchilari Buvayda tumanidagi AKT bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, “O‘rgan-o‘rgat” innovatsiyasi asosida ma’lumotlarini o‘rtoqlashdilar. Dasturga ko‘ra barcha ta’lim muassasalarida ma’lumotlarini do‘stona fikrlashgan mehmonlar kunning ikkinchi yarmida Buvayda tumani 17-Bolalar musiqa va san’at maktabiga yalpi yig‘ilish uchun to‘plandilar. Bu erda kun tartibiga Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot kommunikatsion texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Asliddin Mamajonov “Ta’lim tizimida Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish-ning sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan oldimizda turgan ustivor vazifalar” mavzusida ma’ruza qilib seminar ishtirokchilari uchun qimmatli ma’lumotlarini etkazdilar. Navbati bilan so‘zga chiqqan ma’ruzachilar Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dilshodjon A’zamov, Farg‘ona Davlat Universiteti katta o‘qituvchisi Axrorjon, Raximov Quvvatali, Buvayda tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi AKT mutaxassisi Bahodirjon Ernazarov O‘z ma’ruzalarini seminar ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdilar. Qizg‘in suhbat va munozaraga boy bo‘lgan yalpi yig‘ilishda Seminar ishtirokchilar va barcha ta’lim tizimidagi xodimlar kelajak avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishda ularning oldida juda katta ma’suliyat turganini, kelajakda ta’lim jarayonida har bir pedagog AKT larini davlat talablari darajasida bilishi va uni yosh avlodga etkazishda betinim mehnat qilishlari, AKT ni bilish uchun har oyning 2-dushanba kunida to‘planib fikr almashishlarini rejalashtirdilar. Bundan tashqari ma’lumotlarni sifatli, samarali, va vaqtdan unumli foydalangan holda kelajak avlodga etkazish uchun har bir ta’lim muassasaning rasmiy veb-saytlari Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli qarorining 3-ilovasida berilagn talablar bo‘yicha yaratilganligi va undagi ma’lumotlarning yangilab borilishini nazoratiga alohida urg‘u berib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilari yig‘ilish yakunida bunday o‘quvlarni tez-tez va mazmunli o‘tkazilishi, shu munosabat bilan ta’lim muassasalaridagi ko‘rinib turgan muammolarning hal bo‘lishi yanayam osonlashishini aytib o‘tildi.
Âåðíóòüñÿ íàçàä