O'zb  |    |     |  Eng
» » Konstitusiya baxtimiz poydevori

Konstitusiya baxtimiz poydevori

: Umumiy, talim
Farg`ona shahridagi 4-sonli Bolalar musiqa va sanat maktabida Konstitusiya baxtimiz poydevori mavzusida viloyat ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi.Tanlovda umumiy o`rta talim maktablarining 5-9 sinf o`quvchilari bayon, insho va rasm yo`nalishlarida ishtirok etdilar. Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Tasviriy oyina ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, viloyat hokimligi xalq talimi boshqarmasi boshlig`i Z.Teshaboev, Sog`lom avlod uchun xalqaro xayriya jamg`armasi viloyat bo`limi rahbari N.Xudoberganovlar, 200 nafar o`quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir tashkil etilgan joyda Konstitusiya baxtimiz poydevori mavzusida ijodiy ishlar ko`rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 4-sonli Bolalar musiqa va sanat maktabining iqtidorli, Respublika, Xalqaro musiqa tanlovlari g`oliblari ijrosida konsert dasturi namoyish qilindi, 1-sonli Bolalar musiqa va sanat maktabida viloyat hokimligi xalq talimi boshqarmasi tizimidagi talim muassasalari o`quvchi-yoshlari o`rtasida OITS ga qarshi kurashish kuniga bag`ishlab Biz sog`lom turmush tarafdorimiz mavzusida 3ta yo`nalish(insho,rasm,plakat) bo`yicha o`tkazilgan ko`rik-tanlovning viloyat bosqichi o`tkazildi;
, . .