O'zb  |    |     |  Eng
» » Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti

: O'quvchilarga
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyuldagi Zulfiya nomidagi davlat mukofotini tasis etish boyicha takliflarni qollab-quvvatlash togrisidagi PF-2326-sonli Farmonida barkamamol avlodni voyaga yetkazish, ular orasidan iqtidorli qizlarning adabiyot, sanat, talim fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, shuningdek, keng kolamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtiroklarini faol ishtiroklarini ragbatlantirish kozda tutilgan.

Otgan qisqa muddatda yani, 12 yil ichida ushbu farmonning amalga oshirilishi natijasida koplab iste'dodli qizlarimiz kashf etildi. Jumladan, otgan davr mobaynida 182 nafar xotin-qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boldi. Eng quvonarlisi, sovrindorlarimizning 94 nafari (51,6%) tizimdagi oquvchi-talabalar va oqituvchilardir.

2012 yilgi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun otkazilgan saralash bosqichlari natijasiga kora, vazirlik tizimidan 787 978 (7-9-sinf) ta oquvchi-qizlardan birinchi bosqichda 29 289 nafar, ikkinchi tuman (shahar) bosqichida 3251 nafar va viloyat bosqichida 414 nafar, Respublika bosqichida 43 nafar oquvchi-qizlar ishtirok etdilar.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun otadigan tanlovlar samaradorligini oshirish maqsadida talim muassasalarida iqtidorli qizlar zahirasini shakllantirish yolga qoyilgan bolib, oxirgi uch yil davomida xalq talimi tizimida Respublika va Xalqaro miqyosdagi tanlov va musobaqalarda goliblikni qolga kiritgan 14-22 yoshdagi 121 nafar iqtidorli qizlarning malumotlar banki shakllantirilib, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasiga taqdim etildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti togrisidagi nizom (PF-2326-son Farmoniga 1-ilova)
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi togrisidagi nizom (PF-2326-son Farmoniga 2-ilova)

Vazirlikning 2012 yil 4 fevraldagi 28-sonli buyrugi asosida talim muassasalaridagi iqtidorli qizlarning imkoniyatlarini namoyon qilish, ularning bilim va salohiyatlarini hayotga keng tadbiq etish borasida hududiy Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyalari bilan tizimli hamkorlik yolga qoyildi.

Bugungi kunda barcha talim muassasalarida Orasta qizlar togaraklari va Zulfiyaxonim qizlari klublarining faoliyati yolga qoyilgan bolib, ularda 1 272 256 nafar oquvchi-qizlar umummilliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash boyicha turkum tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, oquvchi-qizlar ortasida Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim va Zulfiyaxonim ijodiga bagishlangan mushoira, sherxonlik, gazalxonlik kechalari shular jumlasidandir.

Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanloviga nomzod bolgan oquvchi-qizlar bilan individual ishlayotgan oqituvchilarni ichki imkoniyatlar hisobidan qoshimcha ragbatlantirish yolga qoyildi.

2012 yil 2 martda Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi, Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Orta maxsus kasb-xunar talimi markazi hamkorligida Oquvchi-qizlar ortasida olib borilayotgan manaviy-axloqiy tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish togrisidagi qoshma qaror tasdiqlandi va hududiy boshqaruv organlariga ijro uchun yuborildi.

Talim muassasalarida tashkil etilgan Zulfiyaxonim qizlari burchaklari mukofotga oid meyoriy hujjatlar va sovrindorlar togrisidagi malumotlar bilan boyitilib, monitoring yuritilmoqda. Shu bilan birga, ular bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar otkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning aprel-may oylarida oquvchi-qizlarni oilaviy va mustaqil hayotga tayyorlash, faolligini oshirish, tashabbuskor va faol oquvchi-qizlarni qollab-quvvatlash, oquvchi-qizlar ortasida soglom turmush tarzini targib qilish hamda huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Orasta qizlar korik-tanlovi 3 bosqichda (maktab, tuman (shahar), viloyat) otkazildi.

Iqtidorli oquvchi-qizlarni qollab-quvvatlash, huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar vazirlik tomonidan nazoratga olingan.
OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

F A R M O N I
1999.10.06
PF-2326-son

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINI TASIS ETISh BOYIChA

TAKLIFLARNI QOLLAB-QUVVATLASh TOGRISIDA

Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom korsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bolgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos ornini yana bir bor etirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, sanat, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol goyalari va madaniy-ma'naviy qadriyatlarga e'tiqodining yuksalishi yolidagi ibratli faoliyati, keng kolamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini ragbatlantirish maqsadida:



1. Ozbekiston xotin-qizlar Qomitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, Me'morlar uyushmalari, Oltin meros, Kamolot, Umid, Ulugbek, Navroz jamgarmalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini tasis etish boyicha takliflari maqullansin.
, . .