O'zb  |    |     |  Eng
» » "Yilning eng yaxshi maktab direktori" korik-tanlovi

"Yilning eng yaxshi maktab direktori" korik-tanlovi

: Tanlovlar
Yilning eng yaxshi maktab direktori" korik-tanlovini otkazish togrisida
NIZOM

Mazkur Nizom Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy orta ta'lim maktab direktorlari (keyingi orinlarda maktab direktorlari) ortasida "Yilning eng yaxshi maktab direktori" ko'rik-tanlovini tashkil etish va otkazish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ko'rik-tanlov "Mahoratli boshqaruv - ta'lim samaradorligini oshirish omili" shiori asosida tashkil etiladi.
2. Ko'rik-tanlovni tashkil etish va o'tkazish ixtiyoriy, oshkoralik, xolislik, tenglik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
3. Korik-tanlov shartlari, uning otkazilish jarayoni va natijalari togrisidagi axborotlar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy saytidagi "Zamonaviy maktab direktori" ruknida hamda "Xalq ta`limi" jurnali sahifalarida berib boriladi.
Ko'rik-tanlovning maqsadi

4. Maktab direktorlari orasidan ilgor, tashabbuskor, ijodkor, mas'uliyatli, zamonaviy direktor talablariga javob beradigan, kompetentli va jamoani maqsad sari intilishga yollay oladigan direktorlarni aniqlash hamda ularning faoliyatini keng jamoaga targibot etish.
Korik-tanlovning vazifasi
5. Maktab direktorlarining ijodiy qobiliyatini, ijodkorligini, ishbilarmonligini, tashabbuskorligini rivojlantirish, kasbiy mahoratining ruyobga chiqishiga komaklashish, qo'llab-quvvatlash va ragbatlantirish;
maktab direktori va pedagogik jamoaning Kadrlar tayyorlash milliy modeli va unda belgilangan vazifalardan xabardorligi, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy modernizasiya jarayonida sifatli kadrlar tayyorlash kabi bilimlarini oshirish;
aniqlangan ilg'or, zamonaviy tajribalarni ommalashtirish va keng targib etish, ularni kelajak maktabini yaratishga yo'naltirish;
maktab direktorlari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega bolgan, direktorlik lavozimining haqiqiy egalarini saralab olish hamda ma'lumotlar bankini shakllantirish;
maktab direktorining ijtimoiy va kasbiy ijobiy imidjini shakllantirish;
namunali va ilg'or ish tajribalarni "Xalq ta`limi" ilmiy-metodik jurnalida yoritish;
maktablarda ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishdagi boshqarish texnologiyasini aniqlash;
rahbarning yuksak ma'naviyati, ma'naviy-axloqiy fazilatlari hamda uning tashabbuskor va ijodkorligini jamoatchilik orasida keng targib qilish.
II. Korik-tanlovni otkazish tartibi

6. Ko'rik-tanlovda kamida uch yil direktorlik ish tajribasiga ega, mehnat jamoasi ortasida obroli, maktabda soglom muhitni yarata olgan, keyingi 3-5 yil davomida pedagogik jamoasi muayyan natijalarga erishgan, oz kasbiga fidoiy, sadoqatli, kompetentli, ijodkor, tashabbuskor bolgan maktab direktorlari ishtirok etishi mumkin.
7. Korik-tanlovda ishtirok etish uchun har yili 1 martgacha bolgan muddatda Respublika tashkiliy qomitasiga "Kelajak maktabi" mavzusida ozining konsepsiya materiallarini (konsepsiya hajmi kamida 10 betdan iborat Times New Roman 14 shriftda) hamda konsepsiya muallifi ozi haqidagi ob'ektivkani director@xtv.uz elektron manziliga yuborishi kerak.
Har bir ishtirokchi o'zi rahbarlik qilayotgan maktabda ta'lim-tarbiyani rivojlantirish boyicha "Kelajak maktabi" mavzusini tanlaydi va quyidagi talablar asosida oz konsepsiyasini bayon etadi.
Maktab faoliyatini tahlil qilish
8. Konsepsiyada quyidagilar yoritilishi lozim:

"Ta'lim togrisida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, ta'lim sohasida qilinayotgan amaliy ishlar ko'lami. Maktab direktori boshqaruvning zamonaviy usullaridan voqifligi, ta'lim sohasini rivojlantirish, xususan ozi rahbarlik qilayotgan maktabning kelajagini kora olishi, kadrlar tarkibining salohiyati, kadrlar tayyorlash milliy modeli mazmunini o'zlashtirishi, oqituvchilar malakasining oz vaqtida oshirilishi, maktab rahbari hamda oqituvchilarning axborot-kommunikasiya texnologiyalarini bilishi va chet tillarini ozlashtirishi.

Shuningdek, konsepsiya matnida maktabda obodonlashtirish ishlarining olib borilishi, moddiy-texnika bazasi, sport zal va maydonchalari, binoning va jihozlarning saqlanish holatiga doir ma'lumotlarga e'tibor berish. Umumiy orta ta'lim tizimiga jahon va milliy pedagogika yonalishidagi tajribalarni, psixologiya va oqitish metodikasini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish darajasini inobatga olish. Barkamol avlodning ta'lim-tarbiya olishi, o'qitishning sifati va uni yaxshilash, pedagog kadrlarning mahoratini oshirish boyicha olib borilayotgan ishlar va boshqalar.
Kelajak maktabi loyihasini yaratishdan maqsad (maqsadda aniqlangan muammolarni hal etilishi, nima qilmoq kerak?, qachon?, qaerda? kabi savollar va ularning yechimlari ko'rsatilishi lozim).
Rezyume (loyihani qisqacha mazmunini ifodalash, bunda real, muayyan, tushunarli, aniq, qisqa, erisha oladigan masalalar yoritilishi lozim).
Loyihaning vazifasi (vazifani yoritishda uning olchamga, hududga egaligi, aniq real muddatlari belgilangan holda yozilishi lozim).
Loyihani amalga oshirish yollari, usullari (loyihaning maqsadidan kelib chiqqan holda nima ish qilinishi, ishni kim amalga oshirishi, qanday resurslardan foydalanishi aniq ifodalanishi lozim).
Loyihani amalga oshirish bosqichlari (belgilangan vazifalarni bosqichlarga taqsimlagan holda ifodalash lozim).
Loyihadan kutilayotgan natija (ishtirokchi tomonidan berilgan loyiha amalga oshirilsa, qanday natijaga erishiladi. Loyihadan kutilayotgan natijaga erishilishi aniq ifodalanishi lozim).
III. Korik-tanlovning Respublika bosqichini otkazish tartibi

9. Tanlov, ekspert va apellyasiya komissiyalari, hakamlar hay'ati tarkibi hamda korik-tanlovning Respublika bosqichi ishtirokchilari royxati tashkiliy qomitaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Tanlov komissiyasi

10. Respublika tashkiliy qo'mitasiga taqdim etilgan konsepsiya materiallari malakali oqituvchilarva mas'ul xodimlardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan organib chiqilib, natijasiga kora yuqori korsatkichlarga ega bolgan maktab direktorlari ko'rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
11. Tanlov komissiyasi quyidagi baholash mezonlari asosida ishtirokchilarning yaratgan konsepsiyasini baholaydi:
ozi rahbarlik qilayotgan umumiy o'rta ta'lim maktabining faoliyatini togri, asosli va muammolarni ko'rgan holda yorita olishi;
muammo yoki ehtiyojni aniqlay olganligi va uni hal qilish uchun loyihada aniq taklif ishlab chiqilganligi;
loyihada maqsadni aniq, tushunarli va puxta qoyilganligi;
loyihada amalga oshirilishi mumkin bolgan vazifalarning belgilanganligi;
loyihani bajarish bosqichlari va amalga oshirishga oid belgilangan resurslar va vaqtning realligi;
qanday vaziyatda qachon?, qaerda?, qanday ozgarishlarga olib kelishi, korsatkich qanchaga oshadi, korsatilgan vazifalarda qanday ozgarishlarga olib kelishini ifodalanganligi.
Ekspert komissiyasi

12. Ekspert komissiyasi Respublika bosqichiga ishtirok etish uchun tavsiya etilgan direktorlar ishlaydigan maktab faoliyatini joyida organadi, hujjatlarni tahlil qiladi va baholaydi.
13. Ekspert komissiyasi tomonidan maktab faoliyatini joyida organish bosqichi quyidagi baholash mezonlari asosida jami 50 ball bilan baholanadi:
maktab o'quvchilarining ozlashtirish monitoringini tizimli ravishda tashkil etilganligi, oqituvchilarning malaka toifasi (Davlat test markazining attestasiya natijalari), direktorning "Ta'lim togrisida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalardan voqifligi, chet tilini bilishi - 5 balgacha;
oquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi - 5 balgacha;
kasbga yonaltirish ishlarining tizimliligi - 5 balgacha;
obodonlashtirish ishlari, moddiy-texnika bazasi, binoning va jihozlarning saqlanish ahvoli 5 balgacha;
kadrlar salohiyati - 5 balgacha;
dars jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishi va chet tillarni bilishi 5 balgacha;
oqituvchilarning oz vaqtida malaka oshirishi - 5 balgacha;
oquvchilarning "Bilimlar bellashuvi"dagi ishtiroki - 5 balgacha;
sport zal va sport maydonlaridan samarali foydalanishi, "Umil nihollari" va boshqa sport musobaqalaridagi orni 5 balgacha;
konsepsiya bilan haqiqiy holatning mosligi - 5 balgacha.
14. Tanlov komissiyasining ijobiy xulosasiga kora korik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qolga kiritgan va ularning ish faoliyatini joyida organish natijalari asosida golib deb topilgan direktorlar korik-tanlovning keyingi turlarida ishtirok etadi.
15. Korik-tanlovning Respublika bosqichi 3 turda otkaziladi.
1-tur. Dars kuzatish va tahlil qilish - 20 ball.
2-tur. Pedagogik kengashga tayyorgarlik korish va otkazish tartibini belgilash - 15 ball.
3-tur. "Kelajak maktabi" mavzusida 5 daqiqali taqdimot- 15 ball.
Hakamlar hay'ati

16. Korik-tanlovning Respublika bosqichini otkazish uchun ta'lim muassasasi rahbarlari, metodistlardan iborat hakamlar hay'ati tarkibi tuziladi.
17. Hakamlar hay'ati tasdiqlangan baholash mezoni asosida ishtirokchilar bilimini baholaydi va ularning ballarini umumlashtirgan holda korik-tanlov goliblarini aniqlab beradi.
18. Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichidagi har bir tur topshiriqlarining materiallari Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Respublika ta'lim markazi tomonidan malakali mutaxassislar jalb qilinib, kop variantlilik asosida maxfiyligi ta'minlangan holda tayyorlanadi.
Apellyasiya komissiyasi
19. Korik-tanlov ishtirokchilari tomonidan bildirilgan ogzaki yoki yozma ariza va e'tirozlar joyida apellyasiya beruvchi direktor ishtirokida komissiya a'zolari tomonidan shu kunning ozida korib chiqiladi hamda xulosalar rasmiylashtiriladi.

IV. Korik-tanlov goliblarini taqdirlash

20. Korik-tanlovning Respublika bosqichi goliblariga ornatilgan tartibda Xalq ta'limi vazirligining "Yilning eng yaxshi maktab direktori" I-darajali diplomi, "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni, eng kam ish haqining 9-baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
21. Respublika bosqichida ishtirok etgan maktab direktorlarining ish tajribalari Respublika va viloyat miqyosida ommalashtiriladi hamda ular ishtirokida seminarlar tashkil etiladi.
22. Ko'rik-tanlov goliblari Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.
23. Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichida qatnashgan maktab direktorlari (goliblardan tashqari) keyingi yilda ishtirok etishi mumkin.
Korik-tanlovning baholash mezonlari
1-tur. Dars kuzatish va tahlil qilish.
Ishtirokchi tomonidan bir soatlik dars jarayoni kuzatiladi va tahlil qilinadi hamda jami 20 ball bilan baholanadi.
Ishtirokchilar bir vaqtda umumiy orta ta'lim maktabida 1 soat dars kuzatadi va kuzatilgan darsi yuzasidan hakamlar hay'ati a'zolariga dars o'tgan o'qituvchilar ishtirokida tahlil qilib beradi. Dars tahlili uchun har bir ishtirokchiga 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

Dars tahlili quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

darsning kuzatish maqsadini belgilanganligi - 2 ball;
darsning tashkil etish bosqichini tahlil qilinishi - 2 ball;
yangi mavzuni oquvchilarga tushuntirish jarayonining tahlili - 4 ball;
dars mazmunini va otish metodlarini tahlil qilishi, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishi - 4 ball;
oquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilishi - 2 ball;
oqituvchining o'quvchilarga bolgan munosabati - 2 ball;
yangi mavzuni mustahkamlash, otilgan mavzuni sorash jarayoni - 2 ball;
oquvchilar bilimini baholash, uy vazifasini berish - 2 ball.
Dars tahlil qilish jarayonida ishtirokchi fikrining aniqligi, pedagogik va psixologik jihatdan asoslanganligi, tushunarliligi va natijaviyligi ham hakamlar tomonidan e'tiborga olinadi.
2-tur. Pedagogik kengashga tayyorgarlik korish va otkazish tartibini belgilash.
Maktab direktori oz lavozim vazifasiga kora pedagogik kengash yigilishining raisi hisoblanib, uni tashkil etish uchun tayyorgarlik koradi va otkazadi. Pedagogik kengashning kun tartibi mavzulari qur'a tashlash yoli bilan aniqlanadi. Ishtirokchi mavzu asosida pedagogik kengashga tayyorgarligi, otkazish ssenariyasi hamda kengash bayonini kompyuterda yozadi, printerdan chiqaradi va belgilangan 3 soat ichida topshiradi. Hakamlar hay'ati tomonidan pedagogik kengash bayonlari tekshirilib jami 15 ball bilan baholanadi.
Pedagogik kengash bayoni quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
pedagogik kengashning otkazish tartibini milliy model talablariga mosligi - 2 ball;
oquvchilarda mustaqil fikrlash konikmalarini shakllantirish, ta'limning keyingi bosqichini ongli ravishda tanlashlariga yo'naltirish uchun oqituvchining pedagogik-psixologik tayyorgarlik darajasini oshirishga e'tiborning qaratilganligi - 3 ball;
pedagogik kengashning otkazishga tayyorgarlik korish jarayonini togri va tizimli bayon etilganligi - 2 ball;
pedagogik kengashning otkazish texnologiyasini togri tanlanganligi, barchani jalb qiladigan usullardan va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishi, yigilish ishtirokchilari fikrini ifodalashi uchun sharoit yaratilganligi - 4 ball;
pedagogik kengashda qabul qilingan qarorlarning hamma uchun tushunarliligi va maqsadli bajarishga yonaltirilganligi - 2 ball;
pedagogik kengash bayonining togri rasmiylashtirilganligi - 2 ball.
3-tur. "Kelajak maktabi" mavzusida 5 daqiqali taqdimot.
Ishtirokchi taqdimot tayyorlashda ozi faoliyat olib borayotgan maktabning kelajakda qanday bolishini ifodalashi lozim.
Jami 15 ball bilan baholanadi.
Taqdimot quyidagicha baholanadi:
Ishtirokchi tomonidan innovasion goyalarni aniqlash, umumlashtirish, ulardan foydalanish, tahlil qilish va tajribada qollashga yo'naltira olishi - 3 ball;
tanlagan yo'lining togriligini himoya qilishi - 3 ball;
AKTdan mustaqil foydalana olishi - 1 ball;
nutq madaniyati - 1 ball;
dunyoqarashining kengligi - 3 ball;
auditoriyadagilar diqqatini jalb qila olishi - 1 ball;
oquv jarayoni uchun qimmatliligi - 2 ball;
reglamentga rioya qilishi - 1 ball.
Umumiy 100 ball. Eng ko'p ball toplagan ishtirokchi korik-tanlovning golibi hisoblanadi.
, . .