O'zb  |    |     |  Eng
» » "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi" korik-tanlovi

"Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi" korik-tanlovi

: Tanlovlar
"Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi" korik-tanlovini otkazish togrisida
NIZOM



Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy orta ta'lim maktab o'qituvchilari ortasida har bir fan yonalishida "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi" korik-tanlovini tashkil etish va otkazish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Korik-tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari:
ko'rik-tanlov ishtirokchilarining "Ta'lim togrisida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan vazifalar yuzasidan davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy modernizasiya jarayoni togrisidagi bilimlarini oshirish;

umumiy o'rta ta'lim maktablarining pedagoglari orasidan fanlar boyicha ilgor, tashabbuskor va ijodkor oqituvchilarni aniqlash;

ulardagi ijodiy qobiliyatlarni, kasbiy mahoratining ruyobga chiqishiga komaklashish, qollab-quvvatlash va ragbatlantirish;

aniqlangan ilgor tajribalarni ommalashtirish va keng targib etish, ularning oz metodik maktabini yaratishga yonaltirish;

umumiy orta ta'lim maktablarida har bir fandan dars berayotgan oqituvchilar orasidan yuksak kasb mahoratiga ega bolgan, oz fanining, mutaxassisligining haqiqiy egalarini saralab olish;

ta'lim-tarbiya jarayonida samara beradigan muqobil metodlarni hamda texnologiyalarni aniqlash;

pedagoglarning ijodiy faolligini oshirish;

oqituvchi-ustozning yuksak ma'naviyati, ma'naviy-axloqiy fazilatlari hamda uning tashabbuskor va ijodkorligini keng jamoatchilik orasida targib qilish.
II. Korik-tanlovni otkazish tartibi
2. Korik-tanlov umumiy orta ta'lim maktab o'qituvchilari ortasida fanlar kesimida otkaziladi.
3. Korik-tanlov 3 bosqichda otkaziladi:
1-bosqich - tuman (shahar) boyicha (har bir maktabdan belgilangan malaka toifasidagi, fanlar kesimida bir nafardan o'qituvchi 1-bosqichda ishtirok etadi);
2-bosqich - viloyat boyicha, shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida;
3-bosqich - respublika boyicha.
4. Ko'rik-tanlovning birinchi (tuman) bosqichida oliy ma'lumotli kamida uch yil pedagogik ish tajribasiga ega bo'lgan oliy, birinchi, ikkinchi toifali oqituvchilar ishtirok etadi. Navbatdagi bosqichlarda faqat 1-orinni egallab, golib bo'lgan o'qituvchilar qatnashadi.
Goliblar (1-, 2-, 3-orin) 76-100 ball toplagan oqituvchilar orasidan aniqlanadi.
5. Viloyat, Respublika tasarrufidagi maktablarning oqituvchilari tuman (shahar) bosqichida qatnashmasdan togridan-togri joylashgan hududida 2-bosqichda ishtirok etadi.
6. Korik-tanlovning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarida goliblar fanlar boyicha alohida-alohida aniqlanadi.
7. Korik-tanlovni otkazish O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Respublika ta'lim markazi, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari hamda hududiy bolimlarning buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.
8. Tashkiliy qomita korik-tanlovga tayyorgarlik korish hamda ularni otkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta'minlaydi, hakamlar hay'ati, apellyasiya komissiyasi tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadi.
9. Korik-tanlovning barcha bosqichlarida tashkiliy qomita, hakamlar hay'ati va ekspert komissiyasi azolarining yaqin qarindoshlari yoki ishlaydigan maktabi (tumani)dan o'qituvchilar ishtirok etayotgan bo'lsa, ushbu shaxslar tashkiliy qomita qarori asosida tashkiliy qo'mita, hakamlar hay'ati yoki ekspert a'zolari tarkibidan chiqariladi.
10. Korik-tanlovni otkazish jarayonida o'rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmagan oqituvchilar hakamlar hay'ati qarori bilan tanlovdan chetlashtiriladi. Bu haqda tuzilgan dalolatnoma hakamlar hay'ati raisi va a'zolari tomonidan imzolanadi.
11. Korik-tanlovning Respublika bosqichida qatnashgan oqituvchilar (1-orinni olgan golib oqituvchilardan tashqari) 5 yildan song qaytadan ishtirok etishi mumkin.
III. Korik-tanlovning birinchi bosqichini otkazish tartibi
12. Korik-tanlovning birinchi (tuman) bosqichini otkazish mas'uliyati Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimi mudirlari zimmasiga yuklanadi.
13. Birinchi bosqich ishtirokchilari uchun topshiriqlar Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tashkiliy qomitasi tomonidan tayyorlanadi.
14. Korik-tanlovning birinchi bosqichiga har bir maktabdan (metod birlashma xulosasi asosidagi pedagogik kengash qarori bilan) belgilangan fanlardan bir nafardan oqituvchilar ishtirok etishi mumkin.
15. Korik-tanlovning tuman bosqichiga nomzodlarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
ta'lim muassasasining pedagogik kengash qarori;
oqituvchining faoliyati haqida ma'lumot;
ishtirokchining arizasi.
16. Korik-tanlovning tuman bosqichida har bir fandan 1-, 2-, 3-orin goliblari aniqlanadi, natijalari Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimi kengashida muhokama qilinadi va otkazilgan fanlardan 1-orinni egallagan goliblarni navbatdagi (viloyat) bosqichida qatnashishi togrisida qaror qabul qilinadi.
Tumandan yalpi buyurtma, hakamlar hay'ati qarori bilan tasdiqlangan, har bir fandan 1-orinni egallagan golibning hujjatlari ijodiy ishlari bilan birga viloyat tashkiliy qomitasiga topshiriladi.
IV. Korik-tanlovning ikkinchi bosqichini otkazish tartibi
17. Korik-tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichini otkazish mas'uliyati Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
18. Korik-tanlovning otkazish vaqti, joyi, tashkiliy qomita tarkibi Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari buyrugi bilan, fanlar kesimida hakamlar hay'ati, ekspert komissiyasi tarkibi tashkiliy qo'mitaning qaroriga asosan tasdiqlanadi.

19. Ikkinchi bosqich ishtirokchilari uchun topshiriqlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tashkiliy qomitasi tomonidan tayyorlanadi.

20. Korik-tanlovning ikkinchi bosqichida har bir fandan 1-, 2-, 3-orin goliblari aniqlanadi.

Korik-tanlov natijalari Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari hay'at yig'ilishida muhokama qilinadi. Otkazilgan fanlardan 1-o'rinni egallagan g'oliblar to'g'risidagi qaror, tavsiya etuvchi buyruq va boshqa hujjatlar Respublika tashkiliy qomitasiga taqdim etiladi (barcha hujjatlar va materiallarning elektron varianti ham topshirilishi lozim).
V. Korik-tanlovning uchinchi bosqichini otkazish tartibi

21. Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari korik-tanlovning ikkinchi bosqichida fanlar boyicha golib bolgan oqituvchilarni uchinchi (respublika) bosqichiga tayyorlash maqsadida barcha tashkiliy choralarni koradi.

22. Korik-tanlovning ikkinchi bosqichida fanlar bo'yicha 1-orinni egallagan oqituvchilar uchinchi bosqichda ishtirok etadi.

23. Korik-tanlovning uchinchi bosqichidagi topshiriqlar O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Respublika ta'lim markazi tomonidan malakali mutaxassislar jalb qilinib, kop variantlilik asosida maxfiyligi ta'minlangan holda tayyorlanadi.

24. Ko'rik-tanlovning uchinchi bosqichida respublika boyicha "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi" aniqlanadi va boshqa ishtirokchilarga nisbatan erishgan natijalariga kora nominasiyalar belgilanadi.

VI. Korik-tanlovning Respublika bosqichi ishtirokchilari uchun talab etiladigan hujjatlar

25. Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari boshliqlari tomonidan korik-tanlovning Respublika bosqichi ishtirokchilari haqida quyidagi hujjatlar har yili 1 martgacha taqdim etilishi shart:

tashkiliy qomitaning yigilish bayonnomasidan kochirma;

ishtirokchining arizasi;

ishtirokchi haqida axborot xaritasi;

ishtirokchining dars berish texnologiyasi aks ettirilgan videodars va uning tafsiloti.

26. Belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan, belgilangan talablarga rioya qilinmagan materiallar korib chiqilmaydi va ishtirokchi Respublika bosqichiga qoyilmaydi.

Hujjatlar qogoz va elektron shaklda taqdim etilishi lozim. Respublika bosqichiga taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi.

VII. Hakamlar hay'ati va ekspert komissiyasi

27. Korik-tanlovning bosqichlarini otkazish uchun har bir fandan ilgor oqituvchilar, metodistlardan iborat hakamlar hay'ati komissiyasi tarkibi tuziladi hamda tashkiliy qo'mita tomonidan tasdiqlanadi.

28. Hakamlar hay'ati ishtirokchilarning amaliy mashg'ulotlarini, savodxonligini, taqdimotlarini adolatli baholaydi, baholash mezoni asosida ekspert guruhi xulosalarini va goliblarning yakuniy bosqichda olgan baholarini umumlashtirgan holda ko'rik-tanlov goliblarini aniqlab beradi.

29. Hakamlar hay'ati a'zolarining xulosalari qaror bilan rasmiylashtiriladi. Ishtirokchilarning faoliyatini baholashda har bir hakam oz balini qo'yadi va sanoq komissiyasiga beradi. Sanoq komissiyasi ballarni qoshib, ortacha balni chiqaradi va natijasini e`lon qiladi. Sanoq komissiyasi hakamlar hay'ati a'zolari o'rtasida qur'a tashlash yo'li bilan belgilanadi.

VIII. Apellyasiya komissiyasi

30. Korik-tanlov ishtirokchilari tomonidan bildirilgan ogzaki yoki yozma ariza va e'tirozlar joyida faqat apellyasiya beruvchi oqituvchi ishtirokida (boshqalarning bu jarayonga aralashishi mumkin emas) komissiya a'zolari tomonidan shu kunning o'zida ko'rib chiqiladi hamda xulosalar rasmiylashtiriladi.

IX. Korik-tanlov goliblarini taqdirlash

31. Birinchi (tuman) bosqichida har bir fandan 1-, 2-, 3-orinlarni egallagan oqituvchilarga hududiy kasaba uyushmasi bilan birgalikda sihatgohlarga yollanmalar beriladi, homiylarni jalb etgan holda qimmatbaho esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi.

32. Ikkinchi (viloyat) bosqichida har bir fandan 1-, 2-, 3-orinlarni egallagan oqituvchilar bir oylik maoshi miqdorida moddiy rag'batlantiriladi, hududiy boshqaruv idoralarining qimmatbaho esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi.

33. Uchinchi (respublika) bosqichida har bir fandan 1-orinni egallagan oqituvchilarga ornatilgan tartibda Xalq ta'limi vazirligining "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi" I-darajali diplomi, "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni, eng kam ish haqining 9-baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Har bir fandan 2-, 3-orinlarni egallagan oqituvchilar Xalq ta'limi vazirligining "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi" II-, III-darajali diplomi va mos ravishda eng kam ish haqining 6-, 4-baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

34. Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan oqituvchilar ish tajribalari Respublika, viloyat miqyosida ommalashtiriladi, dars ishlanmalari toplam sifatida chop etiladi, oqituvchilar ishtirokida seminarlar tashkil etiladi.

35. Korik-tanlov goliblari Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.

36. Ko'rik-tanlov shartlari, uning o'tkazilish jarayoni va natijalari to'g'risidagi axborotlar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy saytida berib boriladi.

"Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi" ko'rik-tanlovining otkazish tartibi va baholash mezoni

Korik-tanlovda kamida uch yil pedagogik ish tajribaga ega oliy, birinchi va ikkinchi toifali oliy ma'lumotli oqituvchilar ishtirok etishi mumkin.

Uch yil davomida o'quvchilari DTS talablarini sifat samaradorligi 76-100 foiz korsatkich bergan, "Bilimlar bellashuvi"da tuman (shahar), viloyat, respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan, "Ustoz-shogird" tizimining ustozlari hamda ish tajribasidagi yangiliklari taqdim etilgan ijodiy ishlari o'rganilib, korik-tanlovda ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Korik-tanlovning otkazish bosqichlari:

1-bosqich tuman (shahar) miqyosida: yanvar

2-bosqich viloyat miqyosida: fevral

3-bosqich respublika miqyosida: mart

Korik-tanlov otkazilishi belgilangan fanlar royxati

(fanlar kesimida har 2 yilda bir marta o'tkaziladi)

Birinchi yil

Ikkinchi yil

Boshlang'ich ta'lim

Qoraqalpoq tili va adabiyoti

Ona tili va adabiyoti

Ingliz tili

O'zbek tili

Fransuz tili

Ingliz tili

Nemis tili

Fransuz tili

Rus tili (o'zbek va boshqa tillarda)

Nemis tili

Rus tili va adabiyoti

Biologiya

Fizika

Geografiya

Kimyo

Tasviriy san'at va chizmachilik

Matematika

Davlat va huquq asoslari

Informatika

Iqtisodiy bilim asoslari

Tarix

Musiqa

Milliy istiqlol g'oyasi

Mehnat ta'limi

Yil metodisti

Jismoniy tarbiya

Yil psixologi


Korik-tanlovning tuman, viloyat, respublika bosqichi 4 turda otkaziladi.
1-tur. Sirtqi tur.

Bu turda ishtirokchi o'zining 15 minutli dars berish texnologiyasi aks ettirilgan videodarsni tavsifloti bilan SD diskda Respublika ta'lim markaziga 1 martgacha bo'lgan muddatda taqdim etadi. Jami 10 ball bilan baholanadi.

Videodars quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

videodarsning sifati - 2 ball;

videodarsning mazmuni - 3 ball;

videodarsning metodik qimmati - 3 ball;

videodarsning ahamiyati - 2 ball.

2-tur. Oz fani boyicha belgilangan mavzu yuzasidan darsga tayyorgarlik korish.

Bu jarayonda ishtirokchi kompyuter texnikasidan va qoshimcha adabiyotlardan foydalanishi hakamlar hay'ati tomonidan kuzatiladi. Ishtirokchi tayyorgarlik jarayonida berilgan mavzu yuzasidan bir soatlik dars ishlanmasini hakamlar hay'atiga topshiradi. Darsga tayyorgarlik jarayoni uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Bir soatlik dars ishlanmasi quyidagi mezonlar asosida 25 ball bilan baholanadi:

dars mavzusi asosida dars tipining to'g'ri tanlanishi va dars bosqichlarining togri belgilanilishi - 2 ball;

dars mavzusi asosida maqsadning togri qoyilishi va o'quvchilarning bir soat davomida egallashi lozim bo'lgan bilim, konikma va malakalarining belgilanilishi - 2 ball;

dars jarayonida foydalanadigan ko'rgazmali vositalarning togri tanlanganligi va dars mazmunida ifodalanganligi - 2 ball;

otilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida tanlangan usullarda barcha oquvchilarning ishtiroki

ta'minlanishi kozda tutilganligi - 2 ball;

oquvchilarning oldingi darsdagi mavzularni tabaqalashtirgan holda soralishining rejalashtirilganligi - 2 ball;

vaqtning togri taqsimlanganligi - 1 ball;

yangi mavzuni bayon qilishning dars ishlanmasida toliq yoritilishi va asosiy mazmunning berilishi - 3 ball;

oquvchilarning bahosini hamda uyga beriladigan vazifani togri tahlil qilib berish usullarining aniq belgilanganligi - 1 ball;

darsga tayyorgarlik jarayonida internetdan ma'lumotlar olib foydalanishi - 3 ball;

dars ishlanmasini Word dasturida tayyorlashi - 2 ball;

dars jarayonida foydalaniladigan ko'rgazmali vositani Power Point dasturida tayyorlab taqdim etishi - 5 ball.

3-tur. "Ta'lim sifatini oshirishda amalga oshirmoqchi bolgan ishlarim" taqdimoti (ogzaki oz pedagoglik tajribasini namoyish qilish, reglament 7 min).

Taqdimot quyidagi mezonlar asosida 15 ball bilan baholanadi:

AKTdan foydalana olishi - 1 ball;

ta'lim sifatini oshirishdagi samaradorligi - 1 ball;

namoyish qilish mahorati - 1 ball;

mazmuni terangligi va oziga xosligi - 2 ball;

berilgan muammoni hal qilish yollarini ko'rsata olishi - 2 ball;

zukkoligi va madaniy darajasi - 2 ball;

nutq madaniyati - 1 ball;

dunyoqarashini kengligi - 2 ball;

auditoriyadagilar diqqatini jalb qila olishi - 1 ball;

oquv jarayoni uchun qimmatliligi - 1 ball;

reglamentga rioya qilishi - 1 ball.

3 ta tur boyicha 40 baldan kam toplagan ishtirokchilar korik-tanlovning 4-turiga qoyilmaydi.

4-tur. Korik-tanlov ishtirokchisi notanish maktablardan birida notanish sinfda notanish mavzu boyicha zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni qollagan holda dars otadi (dars mavzusi va sinfi bir kun oldin qur'a tashlash yoli bilan aniqlanadi). Jami 50 ball.

Dars jarayoni quyidagi mezonlar asosida 40 ball bilan baholanadi:

chuqur bilimga egaligi va mahoratini namoyish qila olishi - 4 ball;

qo'llagan texnologiya va metodlarni yangiligi, ifoda shakllarining ta'sirchanligi va natijaviyligi - 6 ball;

otilgan mavzu boyicha oquvchilarni baholash va takrorlash - 4 ball;

oquvchilarning o'zaro fikr almashuvini tashkil etishi - 3 ball;

mavzuni ochishdagi usullarning oziga xosligi - 3 ball;

dars bosqichlarida turli manbalardan foydalanishi - 4 ball;

oquvchilar faoliyatida motivasiya va intensivlikni hosil qilishi hamda jarayon oxirigacha saqlay olishi - 4 ball;

zamonaviy vositalardan samarali foydalanishi - 4 ball;

oquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi - 3 ball;

darsning maqsadga erishganligi, samaradorligi - 3 ball;

vaqtning togri taqsimlanishi - 2 ball.

O'quvchilarning ishtirokchi tomonidan berilgan mavzuni ozlashtirish darajasi ona tili va adabiyoti, rus tili, qoraqalpoq tili, boshlangich ta'lim, tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, milliy istiqlol goyasi, xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis), kimyo, biologiya, fizika, geografiya fanlari bo'yicha test topshiriqlari, jismoniy tarbiya, informatika, musiqa, mehnat ta'limi, tasviriy san'at va chizmachilik fanlaridan o'quvchilarning amaliy bajargan ish natijalari hamda matematika fanidan misol va masala yechish orqali aniqlanadi. Test va amaliy topshiriqlarini bajarish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Bajarilgan test va amaliy ish natijalari 10 ball bilan baholanadi.

Umumiy jami ball - 100 ball.
Yuklab olish
, . .