O'zb  |    |     |  Eng
» » Yilning eng yaxshi chet tili oqituvchisi korik-tanlovi

Yilning eng yaxshi chet tili oqituvchisi korik-tanlovi

: Tanlovlar
Yilning eng yaxshi chet tili oqituvchisi korik-tanlovini
otkazish togrisidagi
NIZOM



Mazkur Nizom Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son va Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi Umumtalim muassasalarining chet tillar oqituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi 67-son qarori ijrosini bajarish yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tizimidagi umumiy orta talim maktablari oqituvchilari ortasida Yilning eng yaxshi chet tili oqituvchisi korik-tanlovini (bundan buyon matnda korik-tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va otkazish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu korik-tanlov uch bosqichda otkazilib, tizimda faoliyat korsatayotgan barcha chet tili oqituvchilariga yangi joriy etilgan mexanizm asosida metodik kunlarda (haftaning har jumi kuni) olib borilayotgan kurslar va ommaviy axborot vositalari orqali etkazilib, barcha chet tili oqituvchilarining korik-tanlovda ixtiyoriylik asosida ishtirokini taminlash orqali, chet tili oqituvchilari orasida soglom raqobat muhitini yaratishga hamda ular orasidan haqiqiy professionallarni aniqlash va ragbatlantirishga xizmat qiladi.

2-bob. Korik - tanlovning asosiy maqsad va vazifalari:


2. Quyidagilar korik - tanlovning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
ishtirokchilarning Ozbekiston Respublikasi Talim togrisidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan davlat va jamiyat, uzluksiz talim, fan, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya jarayoni togrisidagi bilimlarini oshirish;
Davlat talim standartlarida chet tillar boyicha talimning barcha bosqichlari bitiruvchilari tayyorgarlik darajasiga qoyiladigan talablarning bajarilishiga bosqichma-bosqich erishish;
oquvchi va oqituvchilarda chet tili kommunikativ kompetentsiyasi, yani organilayotgan chet tili boyicha egallagan bilim, konikma va malakalarni muloqot jarayonida qollash qobiliyatini rivojlantirish;
oquvchi va oqituvchilarda lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetentsiyalarni shakllantirish va ularni amaliyotda togri qollay olishga yonaltirish orqali chet tilining oqitilishi sifatini yaxshilashga erishish;
chet tili oqituvchilari va ular orqali oquvchilarda til orgatish va organishdagi lingvistik kompetentsiya turlari tinglab tushunish (listening), gapirish (speaking), oqish (reading), yozish (writing) hamda dars berish mahorati (teaching)ni oshirib borishga komaklashish.
3. Korik-tanlovning asosiy vazifalari quyidagalar:
umumiy orta talim maktablarining pedagoglari orasidan chet tili fani boyicha ilgor, tashabbuskor va ijodkor oqituvchilarni aniqlash;
chet tili oqituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini, kasbiy mahoratini royobga chiqarishga komaklashish, qollab-quvvatlash va ragbatlantirish;
umumiy orta talim maktablarida chet tili fanidan dars berayotgan oqituvchilar orasidan yuksak kasb mahoratiga ega bolgan, oz fanining, mutaxassisligining haqiqiy ustalarini saralab olish;
talim-tarbiya jarayonida samara beradigan muqobil metodlar hamda texnologiyalarni aniqlash;
aniqlangan ilgor tajribalarni ommalashtirish va keng targib etish, ularning oz metodik maktabini yaratishga yonaltirish;
oqituvchi-ustozning yuksak manaviyati, manaviy ahloqiy fazilatlari hamda uning tashabbuskor va ijodkorligini keng jamoatchilik orasida targib qilish.

3-bob. Korik-tanlovni otkazish tartibi


Korik-tanlov uch bosqichda otkaziladi.

1-. Korik-tanlovning birinchi bosqichi

4. Korik-tanlovning birinchi bosqichida qatnashishni hohlovchi chet tili oqituvchilari uchun har yili 1 maygacha bolgan muddatda ixtiyoriy ravishda bestteacher@inbox.uz, bestteacher@xtv.uz elektron manzillariga ariza (ilovadagi namunaviy shakl asosida) va chet tilida How will I share my experience of taking part in the competition and study in the UK with other teachers?(Korik-tanlovdagi tajribam va Buyuk Britaniya safari va oqishlari boyicha taassurotlarim bilan qanday ortoqlashaman?, Kak ya budu delitsya svoim optom uchastiya v konkurse i vpechatleniyami ot poezdki i uchyob v Velikobritanii) (keyingi yillarda mavzu ozgarishi mumkin) mavzusida kamida 200 ta, kopi bilan 250 ta sozdan iborat Esse (Essay) jonatadi.
5. Esse materiallari elektron shaklda Times New Roman 14 shriftida, A4 formatda sahifa, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3sm, ongdan 1 sm joy qoldirib satrlar oraligi 1,5 interval qilib shakllantirilishi lozim. Muallifning ismi, familiyasi, ish joyi va lavozimi, telefon raqamlari, unvonlari (bolsa) matn ostida toliq korsatiladi.
6. Taqdim etilgan Esselar joriy yil may oyining birinchi on kunligida Respublika komissiyasi va Britaniya kengashi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. Ushbu shartga kora chet tili oqituvchilarining yozuv (writing) konikmasi aniqlanadi, Ishtirokchilar orasidan 75% va undan yuqori natija korsatgan talabgorlarning royxati shakllantirilib, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar xalq talimi boshqarmalariga jonatiladi.

Esse quyidagi yonalishlarda 20 ballik tizimda baholanadi.

- Vazifa maqsadi (Task Achivement). Maksimal 5 ball;
- Mustahkamlash / soherence (fikrlar orasidagi mantiqiy bogliqlik /logical link between ideas) va Aloqa/Cohesion (xatboshi va gaplar ortasidagi bogliqlik/link between sentence and paragraphs). Maksimal 5 ball;
- Leksik birliklarning togri ishlatilishi (Lexicals Resource). Maksimal 5 ball;
- Grammatik yonalish va uning togri ishlatilishi (Grammatical Range and Accuracy). Maksimal 5 ball.

Ushbu shart boyicha baholash mezonining toliq matni ilova qilinadi.

7. Korik-tanlovning birinchi bosqichi uchun ishtirokchilar murojaatlarini tashkil etish masuliyati xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimlari zimmasiga, taqdim etilgan Esselarni adolatli baholashni tashkil etish Respublika tashkiliy qomitasi zimmasiga yuklatiladi.

2-. Korik-tanlovning ikkinchi bosqichi

8. Korik-tanlovning ikkinchi bosqichi 2 turda 50 ballik tizimda (dars ishlanmasi-Lesson planning va videodars-videolesson) Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar xalq talimi boshqarmalari tomonidan otkaziladi.
9. Birinchi bosqich natijalariga kora ikkinchi bosqichga otgan ishtirokchilar Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talim vazirligi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar xalq talimi boshqarmalariga 15-20 daqiqalik videodarslari tushirilgan disk (videolesson) va ushbu darsning ishlanmasini (lesson planning) 15 mayga qadar taqdim etadi.
10. Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar xalq talimi boshqarmalari qoshida Britaniya kengashi vakillari, hududdagi oliy talim muassasalarining oqituvchilari, trener-oqituvchilar va chet tili metodistlaridan tashkil etilgan hakamlar hayati azolari tomonidan 20 mayga qadar dars ishlanmasi (Lesson planning) va videodarslar (Videolesson) baholanadi. Ushbu bosqichda chet tili oqituvchilarining dars bera olish mahorati (metodikasi) aniqlanadi.
1-tur. Dars ishlanmasi (Lesson planning).
11. Ishtirokchi dars ishlanmasini davlat talim standartlari va oquv dasturlari asosida chet tillarni oqitishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, dars mashguloti bosqichlarining barchasini inobatga olgan holda yoritib berishi kerak.
12. Bir soatlik dars ishlanmasi quyidagi mezonlar asosida jami 25 ball bilan baholanadi:
dars mavzusi asosida dars tipining togri tanlanganligi va dars bosqichlarining (pre-,while-, post) togri belgilanganligi, etaplarning bir biri bilan uzviyligi, bir-birini toldirishi 5 ball;
dars mavzusi asosida maqsadning togri qoyilganligi va oquvchilarning bir soat davomida egallashi lozim bolgan bilim, konikma va malakalarining belgilanganligi 3 ball;
dars jarayonida foydalaniladigan korgazmali vositalarning togri tanlanganligi va dars mazmunida ifodalanganligi 2 ball;
otilgan mavzuni mustahkamlash jarayoni uchun tanlangan usullarda barcha oquvchilar ishtirokining taminlanishi kozda tutilganligi 2 ball;
oquvchilardan oldingi darsdagi mavzularni tabaqalashtirgan holda soralishining rejalashtirilganligi 2 ball;
vaqtning togri taqsimlanganligi 1 ball;
yangi mavzuni bayon qilishning dars ishlanmasida toliq yoritilganligi va asosiy mazmun ochib berilganligi 3 ball;
oquvchilarning bahosini hamda uyga beriladigan vazifani togri tahlil qilib berish usullari aniq belgilanganligi 1 ball;
darsga tayyorgarlik jarayonida internet tarmogidan samarali foydalanganligi, mavzuga mos ravishda malumotlar olinganligi 4 ball;
dars ishlanmasi Microsoft Word dasturida tayyorlanganligi 2 ball.

2-tur. Videodars (Videolesson).
13. Ishtirokchi 15-20 daqiqalik dars berish texnologiyasi aks ettirilgan videodarsda oquvchilar bilan birga ozi ishlayotgan maktabdagi bir soatlik darsning ixcham korinishini namoyish etadi. Ushbu videodars taqdim etilayotgan dars ishlanmasiga (Lesson planning) mos bolishi kerak va u quyidagi mezonlar asosida jami 25 ball bilan baholanadi:
videodars jarayonida oqituvchining auditoriyani boshqara olishi (classoom management) 5 ball;
videodarsda oquvchilarni dars jarayoniga toliq jalb eta olishi 5 ball;
oqituvchining dars jarayonida ingliz tilida oziga ishongan holda gapira olishi 5 ball;
videodarsining dars ishlanmasiga mosligi 5 ball;
videodarsning texnik sifati 5 ball.

14. Ikkinchi bosqichda 40 va undan yuqori ball toplagan ishtirokchilar orasidan har bir viloyatdan 1-5-orinlarni egallaganlar uchinchi bosqichga tavsiya etiladi.
15.Ushbu golib ishtirokchilar Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq talimi boshqarmalarining Sovrinli orin diplomi, qolgan ishtirokchilar 2-bosqich faol ishtirokchisi diplomi va qimmatbaho sovgalari bilan taqdirlanadi.
16. Mazkur bosqichda ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan dars ishlanmasi va videodarslarni baholash yoli bilan goliblar royxati shakllantiriladi.
17. Ikkinchi bosqich natijalari boyicha barcha materiallar qogoz va elektron shaklda (dars ishlanmasi va videodarslari bilan birga) Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar xalq talimi boshqarmalari tomonidan 24 mayga qadar Respublika tashkiliy qomitasiga taqdim etiladi.
18. Birinchi bosqich natijalariga kora bevosita Xalq talimi vazirligiga boysunuvchi talim muassasalaridan ishtirokchilar aniqlangan taqdirda, ularning dars ishlanmasi va videodarslari Respublika komissiyasi tomonidan baholanadi, hamda natijalariga kora keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
19. Korik-tanlovning 2-bosqichini otkazish masuliyati Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq talimi boshqarmalari zimmasiga yuklanadi.
20. Korik-tanlovni otkazish vaqti, joyi, tashkiliy qomita tarkibi Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq talimi boshqarmalari buyrugiga, hakamlar hayati va apellyatsiya komissiyasi tarkibi tashkiliy qomitaning qaroriga asosan belgilanadi.

3- Korik-tanlovning uchinchi bosqichi

21. Korik-tanlovning uchinchi (Respublika) bosqichi 25-30 may oraligida otkaziladi.
22. Ushbu bosqichda barcha ishtirokchilar Ozbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi tomonidan otkaziladigan APTIS test sinovlarida ishtirok etadi. Ushbu test sinovlari orqali umumuvropa kompetentsiyalari CEFR talablari doirasida chet tili oqituvchilarining oqish (R-reading)-50 ball, tinglab tushunish (L-listening)-50 ball, gapirish (S-speaking)-50 ball va grammatik va leksik (GV- grammar and vocabular) -50 ball bilan baholanadi. Jami 200 ball.
APTIS test-sinovlariga tayyorgarlik korish uchun internet orqali http://www.britishcouncil.org/aptis/preparation-material saytga murojaat qilish maqsadga muvofiq.
23. Test-sinovlarida 4 ta konikma boyicha yuqori natija korsatgan ishtirokchilar natijalari 1- va 2-bosqichdagi natijalar bilan birga umumlashtiriladi va ular orasidan goliblar tanlanadi. Goliblik imtiyoziga ega bola olmagan chet tili oqituvchilariga ham korik-tanlovning Respublika bosqich faol ishtirokchisi diplomi bilan taqdirlanadi.
24. Korik-tanlovning uchinchi bosqichi Xalq talimi vazirligining tomonidan Toshkentdagi Britaniya kengashi vakolatxonasi bilan hamkorlikda otkaziladi.
25. Korik-tanlovning uchinchi bosqichida korik-tanlov goliblari aniqlanadi.
26. Korik-tanlovning respublika bosqichi uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq talimi boshqarmalari tomonidan quyidagi hujjatlar qogoz va elektron variantda taqdim etilishi lozim:
hududiy tashkiliy qomitaning yigilish bayonnomasidan kochirma;
ishtirokchi haqida malumot (obektivka);
viloyatda baholangan dars ishlanmasi va videodarsi.
27. Belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan, belgilangan talablarga rioya qilinmagan materiallar korib chiqilmaydi va ishtirokchi Respublika bosqichiga qoyilmaydi.
28. Respublika bosqichiga taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi.
29. Korik-tanlovning barcha bosqichlarini otkazish Ozbekiston Respublikasi Xalk talimi vazirligi, Respublika talim markazi, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq talimi boshqarmalari hamda xududiy bolimlarning buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.
30. Tashkiliy qomita korik-tanlovga tayyorgarlik korish hamda ularni otkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni taminlaydi, hakamlar hayati, apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
31. Korik-tanlovning barcha bosqichlarida tashkiliy komita, hakamlar hayati va ekspert komissiyasi azolarining birortasi ishtirokchilarga qarindosh yoki ish joyi bir xil bolgan taqdirda ushbu shaxslar tashkiliy qomita qaroriga muvofiq tashkiliy qomita, hakamlar hayati va ekspert komissiyasi tarkibidan chiqariladi.
32. Korik-tanlovni otkazish jarayonida ornatilgan tartib qoidalariga rioya qilmagan oqituvchilar hakamlar hayati qarori bilan tanlovdan chetlashtiriladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, hakamlar hayati raisi va azolari tomonidan imzolanadi.
33. Korik-tanlovning Respublika bosqichida golib bolib, xorij safarida bolib qaytgan ishtirokchilar 5 yildan song qaytadan ishtirok etishi mumkin.

4-bob. Hakamlar hayati va ekspert komissiyasi


34. Korik-tanlovning bosqichlarini otkazish uchun chet tili fanidan ilgor oqituvchilar, metodistlar va boshqa mutaxassislardan iborat bolgan hakamlar hayati va apellyatsiya komissiyasi tuziladi hamda tashkiliy qomita tomonidan tasdiqlanadi.
35. Hakamlar hayati ishtirokchilarning amaliy mashgulotlarini, savodxonligini, taqdimotlarini adolatli baholaydi, baholash mezoni asosida ekspert guruhi xulosalarini va goliblarning yakuniy bosqichda olgan baholarini umumlashtirgan holda korik-tanlov golibini aniqlab beradi.
36. Hakamlar hayati azolarining xulosalari qaror bilan rasmiylashtiriladi. Ishtirokchilarning faoliyatini baholashda har bir hakam alohida oz balini qoyadi va ballar qoshiladi, ortacha ball chiqaralib, natijasi elon qiladi.

5-bob. Apellyatsiya komissiyasi


37. Korik-tanlov ishtirokchilari tomonidan bildirilgan ogzaki yoki yozma ariza va shikoyatlar bir kun muddatda apellyatsiya beruvchi oqituvchi ishtirokida komissiya azolari tomonidan korib chiqiladi hamda xulosalar rasmiylashtiriladi.

6-bob. Korik-tanlov goliblarini taqdirlash

38. Birinchi bosqich natijalariga kora yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yollanmani qolga kiritadi.
39. Ikkinchi (viloyat) bosqichda 1-, 2-, 3-, 4-, 5-orinlarni egallagan oqituvchilar hududiy boshqaruv idoralari tomonidan ingliz tilida kitoblar toplami va qimmatbaho esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi hamda uchinchi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qolga kiritadi.
40. Uchinchi (respublika) bosqichda eng yuqori natijaga erishgan 1 nafar 1-orin, 1 nafar 2-orin, 1 nafar 3-orin aniqlanadi, Xalq talimi vazirligining Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi I, II, III darajali diplomlari va qimmatbaho esdalik sovgalari bilan, 1-orin sohibi Xalq talimi alochisi kokrak nishoni va maxsus kubok bilan taqdirlanadi.
41. Respublika bosqichida eng yuqori natija korsatgan chet tili oqituvchilari (tashkiliy qomita tomonidan belgilangan kvota doirasida) xorijiy davlatlarda malaka oshirish uchun yollanmaga ega boladi.
42. Korik-tanlov goliblarini ragbatlantirish byudjet mablaglari, homiylar tushumlari va hamkor tashkilotlar komagida ham amalga oshirilishi mumkin.
43. Korik-tanlovning uchinchi bosqichida ishtirok etgan oqituvchilarning ish tajribalari respublika hamda viloyat miqyosida ommalashtiriladi, dars ishlanmalari toplam sifatida chop etiladi, oqituvchilar ishtirokida seminarlar tashkil etiladi.
44. Korik-tanlov goliblari xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq talimi boshqarmalari tomonidan davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.
45. Korik-tanlov shartlari, uning otkazilish jarayoni va natijalari togrisidagi axborotlar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy saytiga joylashtirib boriladi.
, . .
(3)
Kamolova Mexriniso 9 2016 16:58
How I work on my professional development as a teacher of English and as a user of the English language.


Teaching skills and abilities are increased or not is a controversial issue which makes us to think deeply. The more teachers know their students,the affective their teaching will be. Teachers should also aim at deepening their understanding of theories learning and teaching practises.in this essay will be discussed this matter.


Firstly , educator can develop further by increasing their self awareness.I can make audio or video recordings of my lesson and watch, analyze, it reflects young learners listening and writing skills.In additition , a person becomes more patient,self confident,intelligent and more attentive.

Secondly , Teachers must plan their lessons regulary,aim at being better informed about their profession,obtain a teaching certificate,diploma or degree, respect themselves ,their pupils.
Furthermore,teachers should try not to allow personal problems to affect their teaching they should enjoy themselves to something nice when they achieve their aims.

To sum up, teacher can face the problems of developing self confidence and their teaching ability.Practise makes perfect human evaluation and development are a result of constant efforts based on previous experience and knowledge.
          1
ch184maktab 10 2016 06:19
Ingliz tili o'qituvchisi Raimova D
          2
Tarkan 12 2016 18:31
Tavsiya qilaman https://www.penpaland.com til almashish asoslangan veb-sayti
Android:http://app.appsgeyser.com/Penpaland
          3