O'zb  |    |     |  Eng
» » Yilning eng faol ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha direktor orinbosari korik-tanlovi

Yilning eng faol ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha direktor orinbosari korik-tanlovi

: Tanlovlar
Yilning eng faol ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha direktor orinbosari Respublika korik-tanlovining
NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy orta ta'lim maktablari direktorlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha orinbosarlari (keyingi orinlarda - MMIBDO deb yuritiladi) ortasida Yilning eng faol ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha direktor orinbosari Respublika korik-tanlovi (keyingi orinlarda korik-tanlov deb yuritiladi)ni tashkil etish va otkazish tartibini belgilaydi.
2. Korik-tanlovni tashkil etish va otkazish ixtiyoriy, oshkoralik, xolislik, tenglik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
3. Korik-tanlov shartlari, uning otkazilish jarayoni va natijalari togrisidagi axborotlar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy sayti hamda ZiyoNet axborot ta'lim portalida Faol direktor orinbosari ruknida berib boriladi.
4. Korik-tanlov Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Respublika Ma'naviyat targibot markazi, Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Din ishlari boyicha qomita, Ichki ishlar vazirligi, Oila ilmiy amaliy markazi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Kamolot YoIH Markaziy kengashi hamkorligida tashkil etiladi.
II. Korik-tanlovning maqsadi

5. Korik-tanlov Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi Milliy goya targiboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish togrisidagi PQ-451-sonli Qarori hamda vazirlik tomonidan ushbu yonalishda joriy etilgan me'yoriy hujjatlar ijrosini ta'minlash hamda ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida otkaziladi.
III. Korik-tanlovning vazifasi

6. Korik-tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:
a) MMIBDOning yetakchiligi, faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligini rivojlantirish, kasbiy mahoratining royobga chiqishiga komaklashish, ularni qollab-quvvatlash va ragbatlantirish;
b) Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, ta'lim tizimidagi islohotlar hamda Kadrlar tayyorlash milliy modeli va unda belgilangan vazifalardan xabardorligi, dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonida milliy goya targiboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan bilimlarini mustahkamlash;
v) Oquvchi-yoshlar ongiga vatanparvarlik, millatparvarlik, bagrikenglik, hushyorlik va ogohlik kabi tuygularni singdirish, ularni milliy urf-odatlar ruhida har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan ilgor ish tajribalarni ommalashtirish;
g) MMIBDOlari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega bolgan, fidoiy soha mutaxassislarini tanlash va ular haqidagi ma'lumotlar bankini boyitish;
d) MMIBDOning zamonaviy imidjini yaratish va keng targib qilish.
IV. Korik-tanlovni otkazish tartibi
7. Korik-tanlovda ushbu lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasiga va jamoa ortasida obroga ega, maktabda oqituvchilar va oquvchilar ortasida soglom muhitni yarata olgan, keyingi uch yil davomida soha yonalishida muayyan natijalarga erishgan, oz kasbining fidoyisi, yetakchi, faol, tashabbuskor va ijodkor bolgan MMIBDOlari ozlarining Mening goyam mavzusidagi kontseptual loyihalari (loyihaning hajmi kamida 5-7 betdan iborat Times New Roman 14 shriftda) bilan ishtirok etadi.
8. Mening goyam mavzusidagi Kontseptual loyihani shakllantirish:
Har bir ishtirokchi ozi faoliyat korsatayotgan ta'lim muassasasida milliy goya targiboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan Mening goyam mavzusini tanlaydi va quyidagi talablar asosida oz kontseptsiyasini bayon etadi:
kontseptsiya matnida Ozbekiston Respublikasining Ta'lim togrisidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Farmoyishi va Qarorlari, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan Qaror va korsatmalar hamda vazirlikning oldiga qoyilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, ta'lim sohasidagi islohotlar, xususan ozi faoliyat korsatayotgan ta'lim muassasasidagi ma'naviy muhit, tizimli tarbiyaviy jarayon, soha yonalishidagi amaldagi me'yoriy hujjatlarning ijrosi, boshlangich tashkilot yetakchisi, sinf rahbarlarining salohiyati, Kamolot va Kamalak sardorlarining ozaro hamkorligi, oquvchilar ortasidagi dostona munosabat, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar samaradorligi, kitobxonlik, odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi, tarbiyaviy ishlar, oquvchilarning nazoratsizligi va tartibbuzarligining oldini olish va uni yaxshilash boyicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, ta'lim muassasasining jihozlanishi, Jamoat kengashi faoliyati hamda ta'lim muassasalaridagi ozini ozi boshqaruv tuzilmalari (Kamolot YoIH boshlangich tashkiloti, Xotin qizlar qomitasi boshlangich tashkiloti, Ota-onalar universiteti, Otalar kuni, Ota-onalar majlisi, Otalar majlisi, Qizlar klubi, Orasta qizlar togaragi, Sahovatli bolalar harakati va boshqa)ning ta'lim-tarbiya jarayondagi faoliyati doir ma'lumotlarga e'tibor berish.
Mening goyam loyihasini yaratishdan maqsad (mavjud muammo, uni hal etish uchun nima qilmoq kerak, qachon, qayerda, kimlar bilan hamkorlikda kabi savollar va ularning yechimlari korsatiladi).
Rezyume (loyihaning qisqacha mazmunini ifodalash, bunda real, tushunarli, aniq, qisqa, erisha oladigan masalalar yoritiladi).
Loyihaning vazifasi (aniq muddatlari belgilangan vazifalar belgilanadi).
Loyihani amalga oshirish yollari, usullari (loyihaning maqsadidan kelib chiqqan holda nima ish qilinishi, ishni kim amalga oshirishi, qanday resurslardan foydalanishi aniq ifodalanadi).
Loyihani amalga oshirish bosqichlari (belgilangan vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirish mexanizmi korsatiladi).
Loyihadan kutilayotgan natija (loyiha amalga oshirilganda qanday natijaga erishiladi).
9. Korik-tanlov 3 bosqichda otkaziladi:

1-bosqich tuman (shahar) bosqichi: joriy yil 10 iyulga qadar barcha ta'lim muassasalarining MMIBDOlari ishtirokida otkaziladi.
2-bosqich hududiy bosqich: joriy yil 25 iyulga qadar Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida barcha tuman (shahar) bosqichida 1-orinni egallagan MMIBDOlari ishtirokida otkaziladi.
Xalq ta'limi vazirligi va hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralari tasarrufidagi ta'lim muassasalarining MMIBDOlariga togridan-togri 2-bosqichda ishtirok etish huquqi beriladi.
3-bosqich respublika bosqichi: joriy yil avgust oyida hududiy bosqichda 1-orinni egallagan MMIBDOlari ishtirokida otkaziladi.
10. Korik-tanlovning 1-bosqichini otkazish tartibi:
1-bosqich joylarda Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimining tegishli buyrugi asosida mudirlar raisligida tashkil etiladi va otkaziladi;
korik-tanlovning 1-bosqichida har bir maktabdan bir nafardan MMIBDOlari ishtirok etadi;
tuman (shahar) tashkiliy qomitasi raisi nomiga korik-tanlovning 1-bosqichida ishtirok etuvchi nomzod haqidagi hujjatlar (ta'lim muassasasi pedagogik kengashining qarori, ishtirokchining faoliyati haqida ma'lumot va ishtirokchining arizasi) taqdim etiladi;
korik-tanlovning 1-bosqichi ishtirokchilari uchun savollar Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan kop variantlilik asosida tayyorlanadi va tuman (shaharlarga) yetkaziladi;
1-bosqich yakuni boyicha 1-, 2-, 3-orin goliblari aniqlanadi va boshqa ishtirokchilarga erishgan natijalariga kora nominatsiyalar belgilanadi;
Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bolimlari tashkiliy qomitasining korik-tanlovning 1-bosqichida 1-orinni egallagan golibning navbatdagi (hududiy) bosqichda qatnashishi togrisida qarori, ishtirokchining Mening goyam mavzusidagi kontseptual loyihasi, tavsiya etuvchi buyruq va boshqa tegishli hujjatlar joriy yil 11 iyulga qadar hududiy tashkiliy qomitaga taqdim etiladi.

11. Korik-tanlovning 2-bosqichini otkazish tartibi:

korik-tanlovning 2-bosqichi Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari asosida va ularning raisligida 1-bosqichda golib bolgan (har bir tuman (shahar)dan 1 nafar) MMIBDOlari ortasida otkaziladi;

2-bosqich ishtirokchilari uchun savollar Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Respublika ta'lim markazi tomonidan kop variantlilik asosida tayyorlanadi va joylarga yetkaziladi;

korik-tanlovning 2-bosqichida 1-, 2-, 3-orin goliblari aniqlanadi va boshqa ishtirokchilarga erishgan natijalariga kora nominatsiyalar belgilanadi;

Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tashkiliy qomitasining hududiy bosqichda 1-orinni egallagan golibning respublika bosqichida qatnashishi togrisidagi qarori, golibning Mening goyam mavzusidagi kontseptual loyihasi, ma'lumotnomasi va boshqa tegishli hujjatlari joriy yil 1 avgustga qadar respublika tashkiliy qomitasiga taqdim etiladi.

12. Korik-tanlovning 3-bosqichini otkazish tartibi: Respublika tashkiliy qomitasining qarori bilan korik-tanlovning respublika bosqichini otkazish kuni belgilanadi, ishtirokchilar royxati, hakamlar hay'ati tarkibi tasdiqlanadi.

a) Respublika ishchi guruhi tomonidan ishtirokchilarning Mening goyam mavzusidagi kontseptual loyihasi va tegishli xujjatlari quyidagi baholash mezonlari asosida organilib, jami 20 ball bilan baholanadi va natijasi Respublika tashkiliy qomitasiga taqdim etiladi.

Kontseptual loyihani va hujjatlarni baholash mezonlari:

loyihadan kozlangan maqsadning aniq, asosli, tushunarli va puxta belgilanganligi 5 ballgacha;

ta'lim muassasasining faoliyati aniq va asosli yoritilganligi 5 ballgacha; mavjud muammo yoki ehtiyojni togri aniqlay olganligi va uni hal qilish boyicha aniq yechimli taklif berilganligi 5 ballgacha;

loyihaning joriy etilishi, belgilangan vazifalarning bajarish vaqti, bosqichlari va amalga oshirish resurslarining hayotiyligi 5 ballgacha.

b) Respublika ishchi guruhi tomonidan 3-bosqichda ishtirok etishga tavsiya etilgan hududiy bosqich golibi bolgan MMIBDOlari ishlaydigan ta'lim muassasasining faoliyati joyida organiladi, hujjatlar tahlil qilinadi, quyidagi baholash mezonlari asosida jami 30 ball bilan baholanadi va natijasi Respublika tashkiliy qomitasiga taqdim etiladi.

Ta'lim muassasasidagi faoliyatni baholash mezonlari:

MMIBDOning ma'naviy dunyoqarashi va siyosiy savodxonligi, kasbiy salohiyati va mahorati, malaka oshirganligi, yurtimiz va dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlardan xabardorligi, pedagogik jamoa ortasidagi orni 2 ballgacha;

amaldagi tegishli me'yoriy hujjatlardan xabardorligi, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, tadbirlarning ommaviyligi va natijadorligi, hamkorlik ishlari, nutq madaniyati 3 ballgacha;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi, chet tilini bilishi, sport bilan shugullanishi, mahalliy teatr va madaniyat maskanlari haqidagi tushunchasi 2 ballgacha;

ma'naviyat-ma'rifat xonasining vazirlikning tavsiyasi asosida jihozlanganligi, kun tartibi, hafta kunlarining nomlanishi boyicha rejaviy ishlari, Ertalabki saflanish va Tarbiyaviy soatlar samaradorligi, Ma'naviyat kuni va Ma'naviyat haftaligini otkazilganligi, pedagog xodimlar uchun Ma'naviyat soatini tashkil etilganligi va samaradorligi 5 ballgacha;

ta'lim muassasasida oquvchi va oqituvchilarning odob-axloq qoidalarining targib qilinganligi va unga rioya qilinishi holati, ta'lim muassasasi pedagog xodimlari ortasidagi ma'naviy muhit, ozaro dostona munosabat 3 ballgacha;

ta'lim muassasalarida tashkil etilgan fan va qiziqishlar boyicha togaraklar, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari, iqtidorli va faol oquvchilar bilan olib borilayotgan ishlar holati, oquvchilarning nazoratsizligi, tartibbuzarligi, turli ma'naviy tahdidlar va ommaviy madaniyat ta'siridan himoya qilishga qaratilgan ishlarning tizimliligi va natijadorligi 4 ballgacha;

Kamolot YoIH boshlangich tashkilotining faoliyati va yaratilgan sharoit, Boshlangich tashkilot yetakchisi, Kamolot, Kamalak va sinf sardorlarining ozaro hamkorligi, Oila - mahalla - ta'lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashining faoliyati, ta'lim muassasasidagi ozini ozi boshqarish tizimi (Ota-onalar universiteti, Xotin-qizlar qomitasi boshlangich tashkiloti, Qizlar va Zulfiyaxonim klublari, Ota-onalar qomitasi, Sahovatli bolalar guruhi va boshqalar)ni yolga qoyilganligi, sinf rahbarlari va maktab psixologi bilan hamkorlik ishlari va natijadorligi 3 ballgacha;

ta'lim muassasasining kutubxonasi va ARM faoliyati, oquvchilar va oqituvchilarning kitobxonlik darajasi, kitob fondini boyitish boyicha otkazilgan tadbirlar va natijadorligi, Kitobxonlar bayrami tadbirlarining reja asosida otkazilishi va natijadorligi 3 ballgacha;

oqituvchi va oquvchilarning huquqiy savodxonligi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar, jalb etilgan soha mutaxassislari, tizimliligi va natijadorligi 3 balgacha;

vazirlikning tavsiya asosida ta'lim muasssasasining jihozlanganligi, obodonlashtirilganligi, tizimli ishlarni tashkil etilganligi, natijadorligi, kontseptual loyiha bilan haqiqiy holatning mosligi 2 ballgacha.

v) Korik-tanlovning Respublika bosqichi hakamlar hay'ati tomonidan 5 ta shart asosida otkaziladi va quyidagi baholash mezonlari asosida jami 50 ball bilan baholanadi.

Baholash mezonlari:

1-shart. Tanishtiruv (5 daqiqa) ishtirokchilar ijodiy yondashgan holda Mening goyam mavzusidagi kontseptsiyaning taqdimotini qiladi (rezyume beriladi, faoliyati aks etgan albom hakamlar hay'atiga taqdim etiladi, ekranda slaydli yoki videofilm namoyish etilishi mumkin va boshqalar) 10 ballgacha;

2-shart. Tarbiyaviy jarayon (5 daqiqa) ta'lim-tarbiya jarayonida uchraydigan ayrim muammoli vaziyat (avvaldan tayyorlab qoyilgan muammo namoyish etiladi yoki vaziyat oqib eshitiriladi), uning toliq yechimini ochib berish 15 ballgacha;

3-shart. Intellektual salohiyat (5 daqiqa) ishtirokchilar 5 ta savolga javob beradilar (savollar avvaldan tayyorlangan va konvertlarda muhrlangan boladi, har bir savol uchun 1 daqiqadan vaqt beriladi, togri va toliq javob 2 ballgacha baholanadi) 10 ballgacha;

4-shart. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda me'yoriy hujjat tayyorlash (30 daqiqa) tanlov boshlanishidan oldin ishtirokchilar tomonidan AKTdan foydalangan holda konvertda muhrlangan mavzu asosida korsatma xat yoki buyruq tayyorlash, internet orqali manzilga jonatish, javob olish va boshqa 10 ballgacha;

5-shart. Erkin mavzu (5 daqiqa) ishtirokchilar ozlarining qiziqishi va qobiliyatini namoyish etadi (qoshiq aytish, musiqa asboblarni chalish, she'rni yoddan aytish yoki oqib berish, raqs tushish va boshqa) 5 ballgacha.

Umumiy 100 ball. Eng kop ball toplagan ishtirokchi korik-tanlovning mutlaq golibi hisoblanadi.

Korik-tanlovning Respublika bosqichi har bir shartining sinov savollari Xalq ta'limi vazirligi va Respublika ta'lim markazi tomonidan kop variantlilik asosida maxfiyligi ta'minlangan holda tayyorlanadi.

13. Korik-tanlovning Respublika bosqichi hakamlar hay'ati tarkibi malakali soha mutaxassislaridan hamda hamkor vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlarini jalb qilgan holda tuziladi, shuningdek, sanoq komissiyasi a'zolari hakamlar hay'ati a'zolari ortasida qur'a tashlash yoli bilan belgilanadi.

14. Hakamlar hay'ati a'zolari tasdiqlangan baholash mezoni asosida ishtirokchilarning bilim, malaka va konikmalarini baholab boradi. Baholashda har bir hakam oz balini qoyadi va sanoq komissiyasiga taqdim etadi. Sanoq komissiyasi ballarni qoshib, ortacha balni chiqaradi va natijasini e'lon qiladi.

Hakamlar hay'ati a'zolarining xulosalari asosida korik-tanlovning Respublika bosqichi goliblari (1-, 2-, 3-orin) aniqlanadi hamda boshqa ishtirokchilarga erishgan natijalariga kora nominatsiyalar belgilanadi.

V. Goliblarni taqdirlash

15. Korik-tanlovning 1-bosqichida 1-, 2-, 3-orinlarni egallagan MMIBDOlariga hududiy kasaba uyushmalari bilan birgalikda sihatgohlarga yollanmalar beriladi, homiylarni jalb etgan holda qimmatbaho esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi.

16. Korik-tanlovning 2-bosqichida 1-, 2-, 3-orinlarni egallagan MMIBDOlari bir oylik maoshi miqdorida moddiy ragbatlantiriladi, hududiy boshqaruv idoralarining qimmatbaho esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi.

17. Korik-tanlovning Respublika bosqichida 1-, 2-, 3-orinlarni egallagan MMIBDOlarga ornatilgan tartibda Xalq ta'limi vazirligining Yilning eng faol ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha direktor orinbosari Respublika korik-tanlovining I-, II-, III-darajali diplomlari, Xalq ta'limi a'lochisi kokrak nishoni, qimmatbaho esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, boshqa ishtirokchilarga erishgan natijalariga kora nominatsiyalar belgilanadi, ularga Xalq ta'limi vazirligining Nominatsiya goliblari diplomlari, Xalq ta'limi a'lochisi kokrak nishoni, qimmatbaho esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi.

18. Korik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan MMIBDOlarining ish tajribalari Respublika, viloyat miqyosida ommalashtiriladi, ular ishtirokida seminarlar tashkil etiladi va Oqituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayramiga bagishlangan respublika tadbiriga taklif etiladi.

19. Korik-tanlov goliblari hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralari tomonidan davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.

VI. Yakuniy qoidalar

20. Tashkiliy qomita korik-tanlovga tayyorgarlik korish va uni otkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta'minlaydi, hakamlar hay'ati, ishchi guruhi tarkibini shakllantiradi, tasdiqlaydi hamda sinov topshiriqlarini tayyorlaydi.

21. Korik-tanlovning Nizomiga rioya qilmagan ishtirokchilar hakamlar hay'ati qarori bilan tanlovdan chetlashtiriladi.
, . .