O'zb  |    |     |  Eng
» » Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar

Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar

: Tanlovlar
Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar 2015
korik-tanlovi togrisida

NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom Xalq ta'limi tizimidagi boshqaruv organlari va ta'lim muassasalari, oqituvchi va oquvchilar ortasida Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar 2015 korik-tanlovi (bundan buyon matnda korik-tanlov deb yuritiladi)ni tashkil etish va uni otkazish tartibini belgilaydi.
Rasmiy nomi: Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar 2015 korik-tanlovi.
Korik-tanlov tashkilotchisi Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hisoblanadi.
Korik-tanlovni otkazish rasmiy veb-sayti: http://tanlov.uzedu.uz
II. Korik-tanlovning maqsad va vazifalari
Korik-tanlov maqsadi
Xalq ta'lim tizimidagi boshqaruv organlari va ta'lim muassasalari, oqituvchi, oquvchilarning saytlarini yaratish va targibot qilish orqali ularning ijodiy faolligi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qiziqishini oshirish hamda ijobiy ishlab bilan jamoatchilikni tanishtirish.
Korik-tanlov vazifalari:
ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy AKTni keng joriy etish;
tizimdagi ta'lim muassasalarning saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlarini yanada rivojlantirish, fuqarolarga veb-saytlar orqali interaktiv xizmatlar korsatishni kengaytirish;
ta'lim muassasasi veb-saytlarini maktab, ota-ona va bolalar, oqituvchi va oquvchilar ortasidagi muloqot shakli tarzida shakllantirish;
oqituvchilarning ta'lim berish jarayonida AKT vositalaridan foydalanish boyicha mustaqil malaka oshirishlariga qiziqish uygotish va oz ustida ijodiy ishlashga jalb etish;
Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarining internet tarmogidagi faoliyatiga jamoatchilik e'tiborini qaratish.
III. Talabnomalarni qabul qilish tartibi
1. Korik-tanlovda UZ domen zonasida royxatdan otgan, veb-sayt xostingi Ozbekistonda bolgan saytlar ishtirok etishlari mumkin.
Korik-tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar http://tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va royxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun http://xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan otish kerak. Korik-tanlovda qaysi nominatsiya boyicha ishtirok etishdan qat'iy nazar, belgilangan shakllarga tegishli ma'lumotlarni toliq kiritish lozim.
2. Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti nominatsiyada talabnoma quyidagi ma'lumotlarni oz ichiga olishi lozim:
muassasa raqami (maktab yoki boshqa) va uning nomi;
hudud, tuman (shahar) korsatilgan pochta manzili;
muassasa saytining veb-manzili;
muassasa rahbarining F.I.Sh.;
mas'ul shaxsning F.I.Sh;
telefon raqami;
elektron manzili (e-mail);
saytning veb-manzili.
3. Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti va Eng yaxshi oquvchi veb-sayti nominatsiyasida talabnoma quyidagi ma'lumotlarni oz ichiga olishi lozim:
ishtirokchining F.I.Sh.;
talabnoma bergan ishtirokchi oqiydigan yoki ishlaydigan muassasaning raqami (nomi);
yashash manzili;
telefon raqami;
elektron manzili (e-mail);
saytning veb-manzili.
4. Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti nominatsiyada ishtirok etish uchun talabnomada quyidagilar korsatilgan bolishi lozim:
Tashkilot (muassasa) nomi;
hudud, tuman (shahar) korsatilgan pochta manzili;
tashkilot saytining veb-manzili;
tashkilot rahbarining F.I.Sh.;
mas'ul shaxsning F.I.Sh;
telefon raqami;
elektron manzili (e-mail)
saytning veb-manzili.
IV. Hakamlar hay'ati

1. Korik-tanlovda qatnashgan ishtirokchilarning veb-saytlarini baholash uchun Tashkiliy qomita tomonidan Xalq ta'limi tizimi mutaxassislari, veb-texnologiyalar boyicha ekspert-mutaxassislardan, oqituvchilardan tarkib topgan Hakamlar hay'ati va ekspertlar guruhi tuziladi.
Hakamlar hay'ati tomonidan qoyilgan ballarga nisbatan yozma murojaatlar korik-tanlov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida qabul qilinadi va korib chiqiladi. Keyingi e'tirozlar inobatga olinmaydi.
V. Korik-tanlovni otkazish tartibi
Korik-tanlov quyidagi 4 ta nominatsiya boyicha otkaziladi:
1-nominatsiya eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti;
umumiy orta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va osmirlar sport maktablarining veb-saytlari ortasida;
2-nominatsiya eng yaxshi oqituvchi veb-sayti;
umumiy orta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va osmirlar sport maktablari oqituvchilarining veb-saytlari ortasida;
3-nominatsiya eng yaxshi oquvchi veb-sayti;
umumiy orta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va osmirlar sport maktablari oquvchilarining veb-saytlari ortasida;
4-nominatsiya xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti;

Xalq ta'limi tizimidagi boshqaruv organlari (viloyat xalq ta'limi boshqarmalari, tuman(shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bolimlari) va ular tassarufidagi tashkilotlar (Barkamol avlod markazlari, Axborot resurs markazlari), pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, davlat pedagogika institutlari va respublika tashkilotlarining veb-saytlari ortasida.

Mazkur tadbirni otkazishga Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi ham mas'ul bolganligi sababli Markazning korik-tanlovda ishtirok etish maqsadga muvofiq emas.

Korik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2015-yilning 1-apreldan 10-aprelga qadar qabul qilinadi;

1-Bosqich: Kelib tushgan arizalar dastlab hududiy xalq ta'limi boshqaruvi organi (Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari)da tuzilgan hakamlar hay'ati tomonidan 2015-yil 15-apreldan 25-aprelga qadar tanlov sayti orqali baholanadi.

Hududiy xalq ta'limi boshqaruvi organining hakamlar hay'ati tarkibi korik-tanlovni otkazish boyicha tashkiliy qomitasi raisi bilan kelishiladi va tasdiqlanadi.

Hududiy hakamlar hay'atining Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti, Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti hamda Eng yaxshi oquvchi veb-sayti nominatsiyalari boyicha baholash natijalariga muvofiq eng yuqori ball olgan 10 (onta) ishtirokchilar royxati ikkinchi bosqichda ishtirok etadi.

2-bosqich: Ekspertlar guruhi tomonidan hududiy goliblar (Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti, Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti va Eng yaxshi oquvchi veb-sayti) hamda Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti nominatsiyalari boyicha kelib tushgan ishtirokchilar baholanadi va 10 tadan laureatlar aniqlanadi. Mazkur baholash 2015-yil
30-apreldan 15-maygacha amalga oshiriladi.

3-bosqich: Yakuniy bosqichda ekspertlar tomonidan baholangan va yakuniy bosqichga tavsiya berilgan 4 ta nominatsiya boyicha 10 tadan laureat veb-saytlar respublika hakamlar hay'ati tomonidan belgilangan me'yorlar boyicha 2015-yil 20-maydan 25-mayga qadar baholanadi va goliblar aniqlanadi.

Korik-tanlov natijalari boyicha ma'lumotlar va otkazish muddatlari tanlov.uzedu.uz veb-sayti orqali e'lon qilinadi.

Baholash tuzilmasi:

Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar

Saytlarni baholash mezonlari

Korik-tanlovga taqdim etilgan veb-saytlar quyidagi baholash mezonlariga muvofiq baholanadi:
veb-saytning dizayni;
veb-saytning mazmuniy boyligi, aktualligi;
veb-saytning funksionalligi va uning ishlatishdagi qulayligi;
veb-saytning pedagogik ahamiyati (saytdagi uslubiy ish);
interaktivlik va qayta aloqa;
bajarilishining sifati;
umumiy taassurot.

Goliblarni taqdirlash

Korik-tanlov goliblari va sovrindorlari har bir nominatsiya boyicha qimmatbaho sovgalar va diplomlar bilan taqdirlanadilar.
Korik-tanlovning Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti, Eng yaxshi oquvchi veb-sayti nominatsiyalari boyicha sovgalar, diplomlar bevosita oqituvchiga yoki oquvchiga topshiriladi.
Xohish bildirgan muassasa va tashkilotlar korik-tanlovning hamkorlari bolishlari va qoshimcha nominatsiyalar ta'sis etishlari mumkin. Takliflar uchun elektron pochta manzili: tanlov@xtv.uz

Yakuniy qoidalar

Zarur hollarda mazkur Nizomga ornatilgan tartibda ozgartirish va qoshimchalar kiritilishi mumkin.
Tegishli ozgartirishlar kiritish boyicha ma'lumotlar korik-tanlovning maxsus saytida yoritib boriladi.
, . .