O'zb  |    |     |  Eng
» » MIT.uz Milliy internet tanlovi

MIT.uz Milliy internet tanlovi

: Tanlovlar
MIT.uz Milliy internet tanlovi NIZOMI
I.Tanlovning asosiy maqsadi
Yoshlar uchun moljallangan ijobiy mazmundagi eng yaxshi internet resurslarni yaratish, kopaytirish, mavjudlarini aniqlash va ragbatlantirish, veb-resurslarni yaratuvchilar diqqat etiborini internet texnologiyalaridan masuliyatli, axborot madaniyati talablari doirasida hamda xavfsiz foydalanish muammosini hal etish, internetning yoshlar uchun mo'ljallangan segmentini kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.
II.Tanlovni tashkil etish va o'tkazish
1. Tanlovni otkazish, uning rasmiy nomi, ramzi va atributikasidan foydalanishga oid barcha huquqlar Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatiga tegishlidir.
2. Tanlovning rasmiy sayti: www.mit.uz
3. Tanlov uch bosqich (tanlov ishtirokchilarini royxatga olish va nomzodlarni saralash, golib va sovrindorlarni saralash hamda taqdirlash)da otkaziladi.
4. Tanlovda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi internet veb-saytlar yaratuvchilari (jismoniy va yuridik shaxslar) ishtirok etadi.
5. Tanlovni tashkil etish va otkazish masul tashkilotchilarning vakillaridan tarkib topgan tashkiliy qomita zimmasiga yuklatiladi. Tashkiliy qomita tanlovning ekspert guruhi va hakamlar hayati tarkibini shakllantiradi hamda ularning rahbarini tayinlaydi.
Hakamlar hayati tarkibiga vazirlik va idoralarning masul xodimlari, shuningdek, madaniyat va sanat sohasi vakillari kiritilishi mumkin.
6. Birinchi bosqich tanlov ishtirokchilarini royxatga olish va nomzodlarni saralash 2014 yilning 25 aprelidan 15 iyulgacha otkaziladi.
7. Ikkinchi bosqich golib va sovrindorlarni saralash 2014 yilning 1 iyulidan 10 sentyabrigacha otkaziladi.
8. Uchinchi bosqich golib va sovrindorlarni taqdirlash 2014 yilning sentyabr oyining oxirida otkaziladi. Tanlov golib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi Tashkiliy qomita qaroriga asosan belgilanadi va www.mit.uz saytida kamida 10 kun oldin elon qilinadi.
9. Ishtirokchilar arizalari 2014-yilning 25-aprelidan boshlab 1-iyuliga qadar qabul qilinadi.
10. Tanlovga www.mit.uz saytida joylashtirilgan namuna asosida toldirilgan arizalar qabul qilinadi. Arizalarni Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining hududiy Kengashlaridan olish va toldirish mumkin.
11. Tanlovga faoliyat korsatayotgan yoki 2014 yil 1 iyungacha internet tarmogiga joylashtirilishi rejalashtirilgan saytlar taqdim etilishi mumkin. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovga taqdim etilishi mumkin bolgan saytlar miqdori cheklanmagan. Jismoniy shaxslar 14 yoshdan 30 yoshgacha bolishi shart.
12. Tanlovga saytni faqat unga bevosita daxldor bolgan jismoniy yoki yuridik shaxs domenning (qonuniy) egasi taqdim etishi mumkin. Saytni tanlovga qayta taqdim etish va arizani qaytarib olishga faqat sayt (domen)ning egasi haqli.
13. Tanlovga taqdim etilgan bitta sayt faqat bitta asosiy nominatsiyada (yoki bitta qoshimcha nominatsiyada) ishtirok etishi mumkin.
14. Tanlovda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar oz arizasiga quyidagi qoshimcha hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
ishtirokchining pasport (yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxasi;
ishtirokchining oqish yoki ish joyidan tavsiyanoma (amalga oshirgan ishlari, ijodiy faoliyati yillar kesimida korsatilgan bolishi lozim);
ishtirokchining oxirgi 3 oy ichidagi 4x6 hajmdagi 2 dona fotosurati.
15. 14 yoshdan 16 yoshgacha bolgan jismoniy shaxslar tugilganlik haqidagi guvohnomasi bilan birgalikda tanlovga taqdim etgan saytning domeniga uning yaqin qarindoshlaridan birining (qonuniy) egaligi togrisidagi vakolatli tashkilotning malumotnomasini topshirishi lozim.
16. Tanlovda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar oz arizasiga quyidagi qoshimcha hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
ishtirokchining pasport (yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxasi;
ishtirokchining ish joyidan tavsiyanoma (amalga oshirgan ishlari, ijodiy faoliyati yillar kesimida korsatilgan malumot bolishi lozim);
tanlovga taqdim etgan saytning domeniga uning (qonuniy) egaligi togrisidagi vakolatli tashkilotning malumotnomasi;
ishtirokchining oxirgi 3 oy ichidagi 4x6 hajmdagi 2 dona fotosurati.
17. Tanlovda tashkiliy qomita azolari faoliyatiga aloqador shaxslar va loyihalar hamda internet resurslar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarning alohida olingan sahifalari yoki bolimlari ishtirok etishlari mumkin emas.
18. Tanlovga taqdim etilgan arizalar Tashkiliy qomita tasdiqlagan Ekspert guruhi tomonidan saralanadi va shu asnoda nomzodlarning royxati shakllantiriladi. Ekspert guruhi taqdimnomasiga asosan tanlovga taqdim etilgan ariza Tashkiliy qomita tomonidan bekor qilinishi mumkin. Nomzodlarning yakuniy royxatini Tashkiliy qomita tasdiqlaydi hamda tanlovning rasmiy saytiga joylashtiradi.
19. Tashkiliy qomita tanlovni otkazish jarayonida tanlov saytini, elektron malumotlar bazasini yaratadi va tanlov ishtirokchilariga kerak boladigan barcha malumotlarni saytga joylashtiradi.
20. Tanlovda ishtirok etayotgan saytning mazmuniga quyidagi talablar qoyiladi:
saytning kontenti tanlov auditoriyasi (yoshlar)ning talab va qiziqishlariga mos kelishi lozim;
saytning kontenti yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga yonaltirilgan bolishi, ularning bilim darajasini va dunyoqarashini oshirishi kerak;
saytning kontenti internet foydalanuvchisida axborot olish madaniyatini hamda undan xavfsiz foydalanish konikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi kerak;
saytdagi axborotlarning kamida 80 foizi (kontent, rukn va sahifalarning hajmiga qarab belgilanadi) yoshlar uchun moljallanishi, ular uchun foydali kontent bilan toldirilgan bolishi, doimiy ravishda yangi materiallar bilan boyitib borilishi kerak;
saytning interfaol ruknlari (yangiliklar, voqea-hodisalar) doimiy ravishda (haftasida kamida bir marotaba) yangilanib turilishi kerak;
tanlovda ishtirok etayotgan saytga uchinchi shaxslarning huquqlari, shu jumladan, mualliflik huquqini poymol etuvchi materiallar, milliy qonunchilikka zid bolgan materiallar, manaviy va axloqiy meyorlarga togri kelmaydigan materiallar, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi hududida tarqatilishi taqiqlangan mahsulot va xizmatlar reklamasini joylashtirish taqiqlanadi.
21. Tanlovda ishtirok etayotgan saytning foydalanuvchilar tomonidan mustaqil tarzda toldiriluvchi bolimlari (forumlar, mikrobloglar, sharhlar), ularda turli tahqirlovchi soz va iboralar qollanilishining oldini olish maqsadida sayt administratori tomonidan nazorat qilib borilishi kerak.
22. Tanlovda ishtirok etayotgan sayt vizual bezatishning zamonaviy talablari (yuqori sifatli grafika, shrift va ranglarning mutanosibligi, sayt mazmuni va auditoriyasiga mos format va boshqalar)ga javob berishi lozim.

III.Tashkiliy qo'mita hamda ishtirokchilarning huquq va majburiyatlar



1. Tashkiliy qomita faoliyati davomida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
tanlovni otkazish togrisida qaror qabul qiladi;
tanlov togrisidagi Nizomni ishlab chiqadi va unga ozgartishlar kiritadi;
tanlov boshlanishi togrisida belgilangan muddatlarda ommaviy axborot vositalariga rasmiy elon beradi.
tanlovning otkazilish shartlari (tanlovni otkazish qoidalari, muddati, baholash jarayoni, mezonlari va bosqichlari)ni belgilaydi;
Ekspert guruhi va hakamlar hayatining tarkibi hamda ularning rahbarlarini tayinlaydi;
tasdiqlangan rejaga muvofiq, axborot hamkorlari bilan kelishilgan holda tanlovnnig axborot kompaniyasi doirasida turli tadbirlarni otkazadi;
tanlovga arizalar qabul qilish jarayonini tashkil etadi, arizalarning mazkur Nizomda korsatilgan talablar asosida rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
tanlovni otkazish jarayonida Ekspert guruhi va hakamlar hayatining tarkibini tasdiqlaydi va ularning ishini muvofiqlashtiradi;
tanlov goliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimini tashkil etadi;
tanlovning boshqa tashkiliy masalalarini hal etadi.
2. Tashkiliy qomita oz faoliyati davomida quyidagi huquqlarga ega:
tanlovga taqdim etilgan sayt mazkur Nizomda korsatilgan talablarga javob bermagan taqdirda nomzodning arizasini qaytarish;
tanlov ishtirokchisi mazkur Nizomda korsatilgan talablarni buzgan hamda tanlovning otkazilish talab va shartlariga mos kelmagan taqdirda uni tanlovdan chetlashtirish;
Ekspert guruhi va (yoki) hakamlar hayati tomonidan ularning vakolati doirasida togirlab bolmaydigan texnik xatolar aniqlangan nominatsiyalar boyicha tanlov natijalarini bekor qilish.
3. Tashkiliy qomita quyidagi tartibda qaror qabul qiladi:
Tashkiliy qomita tomonidan barcha qarorlar faqat azolarning ovoz berish yoli bilan hamda hal qilinayotgan masalaning muhimlik darajasiga qarab qabul qilinadi.
ovoz berish natijalari, unda Tashkiliy qomita azolarining 2/3 qismidan kopi ishtirok etgan taqdirda, haqiqiy deb qabul qilinadi.
4. Tashkiliy qomita tanlov jarayonida quyidagi majburiyatlarni oz zimmasiga oladi:
tanlovning barcha ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni yaratish;
tanlovning ochiq va oshkora tarzda otkazilishini taminlash;
tanlov natijalarini kelishilgan muddatdan avval elon qilinishiga yol qoymaslik.
5. Tanlov ishtirokchisining huquqlari quyidagilardan iborat:
tanlovni otkazish shartlari va tartibi togrisida malumot olish;
tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda ariza berish;
Tashkiliy qomitaga arizalar qabul qilish muddati tugashidan kamida 3 kun oldin murojaat etgan holda oz arizasini qaytarib olish;
tanlovga ariza taqdim etgandan taqdirda oz saytida MIT.uz milliy internet tanlovi ishtirokchisi degan yozuv va tanlovning logotipini joylashtirish;
tanlov golibi deb elon qilinganida sovrin(lar)ni ozi yoki ishonchli vakili orqali qabul qilib olish.
6. Tanlov ishtirokchisining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
arizani topshirishdan oldin tanlov togrisidagi mazkur Nizom bilan toliq tanishish, Nizomda korsatilgan talablar asosida arizani toldirilish;
mazkur Nizomda korsatilgan qoidalarga qatiy rioya etish.
7. Tanlov ishtirokchisi taqdim etgan qoshimcha hujjatlardagi notogri malumotlar uchun javobgar hisoblanadi.
8. Tanlov ishtirokchi oz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda Tashkiliy qomita tomonidan tegishli tartibda tanlovdan chetlashtirilishi mumkin. Ishtirokchining tanlovdan chetlashtirilgani togrisidagi xabar uning elektron pochta manziliga (basharti uning anketasida elektron manzili korsatilgan bolsa) yuboriladi. Tanlov ishtirokchisi oz majburiyatlarini toliq bajarganidan song tanlovga faqat Tashkiliy qomitaning ruxsati bilan ikkinchi marotaba ariza topshirishi mumkin.

IV.Tanlov shartlari va baholash mezonlari



1. Saytlar (tanlov ishtirokchilarining ishlari) ekspert guruhi va hakamlar hayati tomonidan quyidagi asosiy mezonlar boyicha baholanadi:
Mazmundorlik va interfaollik. Saytning mazmuni bu saytda mavjud barcha axborotlar. Axborot foydalanuvchilar etiborini tortishi hamda sayt mavzusiga mos kelishi lozim. Saytning interfaolligi faqat giperhavolalar va oz-ozidan paydo boluvchi menyularning mavjudligi bilan belgilanmaydi, balki sayt foydalanuvchiga ozaro axborot almashish uchun dialog muhitini yaratishi kerak.
Dizayn va qulaylik. Sayt tashqi korinishining tavsifi. Saytning vizual bezatilishi, yuqori sifatga ega grafika, shriftlar va ranglarning aniq tanlanganligi va mutanosibligi, sayt formati va mazmunining auditoriya hamda sayt oldiga qoyilgan vazifalarga mosligiga qarab baholanadi. Qulaylik deganda saytdan foydalanishdagi imkoniyatlar tushuniladi. Saytda axborotdan foydalanish hamda bir bolimdan ikkinchisiga otishdagi qulayliklar uning tarkibiy tuzilmasi va navigatsion funktsiyalariga bogliq. Saytdan kerakli axborotlarni tezkor topishda navigatsion imkoniyatlarning kengligi.
Funktsionallik, texnologik imkoniyatlari va xavfsizligi. Ushbu mezon saytning texnologik xususiyatlarini ifodalaydi. Yaxshi funktsionallik saytning tez ochilishini, undagi barcha havolalar ishchi holatda bolishini anglatadi. Texnologiyalar esa sayt auditoriyasining talablariga javob berishi kerak. Saytning sifati imkon qadar serverlik platformasi, brauzerning turi yoki foydalanuvchi monitoriga bogliq bolmasligi lozim. Saytda axborot resurslarining xavfsizligini taminlash maqsadida saytdan foydalanishni cheklash (autentifikatsiya va avtorizatsiya bosqichlari) mavjud bolishi kerak.
2. Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari ekspert guruhi va hakamlar hayati tomonidan maxsus ishlab chiqilgan baholash varaqalari yordamida baholanadi.
3. Tanlov goliblarini aniqlash quyidagi bosqichlarni oz ichiga oladi:
1 iyuldan 1 avgustgacha hakamlar hayati azolari quyidagi uchta kichik ishchi guruhlarga bolingan holda nomzodlarning ishlarini baholaydi:
Mazmundorlik va interfaollik ishchi guruhi tarkibiga jurnalistlar, reklama va PR boyicha mutaxassislar kiradi.
Dizayn va qulaylik ishchi guruhi tarkibiga rassom, dizayner hamda saytning qulayligini aniqlash boyicha mutaxassislar kiradi.
Funktsionallik, texnologik imkoniyat va xavfsizlik ishchi guruhi tarkibiga malakali dasturchilar va tarmoq administratorlari kiradi.
4. Ishchi guruhlar azolari sayt (nominant)ni faqat oz yonalishi boyicha baholaydi.
5. Saytlar (ishtirokchilarning ijodiy ishlari) hakamlar hayati tomonidan 10 ballik tizimda baholanadi.
6. Ishchi guruhlarning har bir azosi har bir nomzodga oz bahosini qoyadi. Har bir sayt (ishtirokchining ijodiy ishi)ga ishchi guruhlar tomonidan qoyilgan ortacha ball keltirib chiqariladi.
7. Tanlovning asosiy va qoshimcha nominatsiyalari goliblari va sovrindorlarini aniqlash tartibi quyidagicha:
tanlov goliblari ekspert guruhi hamda hakamlar hayati tomonidan qoyilgan baholarga qarab aniqlanadi;
tanlovning asosiy nominatsiyasi boyicha nomzodlarning yakuniy ballari teng bolib qolganda, oz saytida MIT.uz milliy internet tanlovi ishtirokchisi degan yozuvni joylashtirgan ishtirokchi golib deb topiladi.
8. Tanlovning asosiy nominatsiyasi golibi quyidagi holatlarda aniqlanmasligi mumkin:
tashkiliy qomitaning qaroriga muvofiq, muayyan nominatsiya boyicha tanlovga topshirilgan ishlarning hech biri talabga javob bermagan taqdirda (agarda toplangan jami ballar miqdori 5 balldan past bolsa) golib aniqlanmaydi;
tegishli nominatsiyada ishtirok etuvchilar soni 5 tadan kam bolsa hamda ular orasidan birinchi oringa munosibi topilmasa, shu nominatsiya(lar) boyicha tanlov golibi aniqlanmaydi.
V.Goliblarni taqdirlash

1. Tanlov goliblarini taqdirlashni tashkil etish maqsadida Tashkiliy qomitaning majlisi otkaziladi hamda tanlovning natijalari elon qilinadi hamda tanlov goliblari va sovrindorlarining royxati tashkiliy qomita tomonidan tasdiqlanadi.
2. Tanlov natijalari rasman elon qilingunga qadar hakamlar hayati hamda tashkiliy qomita azolari bu haqdagi malumotlarni oshkor etishlari mumkin emas.
3. Tanlov natijalari va goliblarning royxati tantanali taqdirlash marosimidan song tanlovning rasmiy sayti hamda axborot hamkorlari hisoblangan ommaviy axborot vositalarida elon qilinadi.
4. Tanlovning asosiy nominatsiyalari boyicha birinchi orin goliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
MIT.uz milliy internet tanlovi golibi diplomi;
planshet;
tanlov statuetkasi;
tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan boshqa qimmatbaho sovgalar.
5. Tanlovning asosiy nominatsiyalari boyicha ikkinchi orin goliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
MIT.uz milliy internet tanlovi golibi diplomi;
noutbuk;
tanlov statuetkasi;
tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan boshqa qimmatbaho sovgalar.
6. Tanlovning asosiy nominatsiyalari boyicha uchinchi orin goliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
MIT.uz milliy internet tanlovi golibi diplomi;
televizor;
tanlov statuetkasi;
tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan boshqa qimmatbaho sovgalar.
7. Tanlovning qoshimcha nominatsiyalari boyicha faqat birinchi orin goliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
MIT.uz milliy internet tanlovi golibi diplomi;
televizor;
tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan boshqa qimmatbaho sovgalar.
8. Tanlovning asosiy nominatsiyalari goliblari va sovrindorlari Tashkiliy qomita qarori asosida keyingi yili otkaziladigan tanlovning ekspert guruhi yoki hakamlar hayati tarkibiga kirish huquqi berilishi mumkin.
9. Nominatsiyalar golib va sovrindorlari homiylar tomonidan (Tashkiliy qomita bilan kelishilgan holda) tasis etilgan qoshimcha sovrin bilan taqdirlanishlari mumkin.
10. Tanlov natijalariga kora hakamlar hayati istalgan ishtirokchini hayatning maxsus sovrini bilan taqdirlash huquqiga ega.
11. Tashkiliy qomita tanlov doirasida internet va bevosita tanlovning rivojiga munosib hissa qoshgan ishlar yoki shaxslarni taqdirlash huquqiga egadir.
12. Tashkiliy qomita tanlov goliblari va sovrindorlarini rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanitish (PR)ga yordam berishi mumkin.

VI.Yakuniy qoidalar

1. Tanlovni otkazish bilan bogliq barcha xarajatlar masul tashkilotchilarning mablaglari hisobidan belgilangan tartibda qoplaniladi.
2. Davlat va nodavlat tashkilotlari tanlovda homiylik qilishlari mumkin.
Manba:mit.uz
, . .