O'zb  |    |     |  Eng
» » alila va Dimna

alila va Dimna

: Jahon adabiyoti
ABADIYATGA DAXLDOR YODGORLIK



"Kalila va Dimna" rivoyatlarga ko'ra aslida qadim zamonlarda hind faylasuf olimlari tarafidan yozilgan. U hind folklori asosida yaratilgan

bolib, "Panchatantra", "Xitopadeshe" va boshqa asarlar bilan ildizi birdir.

"Kalila va Dimna" Eron shoxi Anushiravon (531-579) davrida Hindistondan saroy fuzalolaridan bolgan Barzuya hakim tomonidan yashirincha Eronga keltirilib, pahlaviy tiliga tarjima qilingan. Bu tarjima yoqolib ketgan, lekin pahlaviy tilidan suriya tiliga qilingan tarjima (taxminan 570 yillar, mutarjim Bud nomli shaxs) adabiyotga nodir yodgorlik sifatida qoshildi.

"Kalila va Dimna"ning Abbosiylar xalifaligi davrida osha zamonning eng donishmand olimlaridan bolmish kotib Abdulla ibn-al Muqaffa (721-757) tomonidan arab tiliga qilingan tarjimasi uning butun dunyo boylab tarqalishiga sabab boldi.

Eski sharq an'anasiga kora, Ibn-al Muqaffa "Kalila va Dimna"ni tarjima etish asnosida faqat muqaddima yozibgina qolmay, asarning asosiy matniga ham birmuncha ozgarishlar kiritgan. Masalan, u "Dimna ishining tekshirilishi " faslin ozidan qoshgan.

X-X1 asrlarda "Kalila va Dimna" Ibn-al Mutaffa tarjimasi asosida yana suriya tiliga, XI asrning oxirlarida yunon tiliga, XII asrda yunonchadan slavyan tiliga, XIII asr ortalarida yahudiy tiliga, bir necha on yillardan lotin tiliga tarjima qilingan. Ana shu oxirgi tarjima fransuz, italyan, nemis na boshqa garb tillariga qilingan tarjimalarga asos bolib xizmat qilgan.

1889 yilda mashhur rus sharqshunoslari M.Attae va M.Ryabinini "Kalila Dimna" ni rus tiliga tarjima qildilar. Rus olimi I.Yu.Krachkovskiy ozining yosh iste'dodli shogirdi I.R.Kuzminga "Kalila va Dimna"ni arabchadan rus tiliga tarjima qilishni topshiradi.

Abdulxasan Abdulla ibn Mutaffa shunday naql etadi: Xudo oz qudrati bilan olamni yaratdi, insonlarni aql_idrokda boshqa hayvonlardan afzal qilib yaratdi. Chunki aql saxovat eshiklari va saodat xazinalarining kalitidir. Bu ish nozu ne'matlariga ega bolish, u dunyoning azobu uqubatlaridan xalos bolish aql va idrokka bogliqdir. Iste'dod, aql_idrok esa ikki xildir: biri -tabiiy, ya'ni onadan tugma bolib, ikkinchisi - kasbiy, ya'ni unga tajriba vositasi bilan erishiladi. Insonlarda bolgan tabiiy iste'dod yogochdagi yonish xususiyatiga

oxshaydi: yogochga ot qoyilmasa yonmaydi, shunga oxshash tabiiy . iste'dod, aql va kamol ham tajriba bolmasa, ozini korsata olmaydi.

Olimlar. tajriba inson aql-idrokini kamolga yetkazadi, deganlar.

Har kim tabiiy aql-idrokka ega bolib, ilmu hunar kasb etishga intilsa, bu dunyoda gam oz orzusiga yetadi, u dunyoda gam rohat koradi... Bilmoq lozimdirki, har ishning oz sababi, har sababning oz sababchisi va har ishning oz makon va zamoni bordir. Umrning uzunligi va davlatning borligi shularga boqliqdir. Bu kitobning hindistondan Fors mamlakatiga

keltirilishining sababi shuki, Olloh taolo qudratli, saodatli Anushiravon Kusro ibn Qubodni aql nuridan va adolat xazinasidan bahramand etgan,

ishbilarmon, favqulodda gayratli qilib yaratgan. U ozining bu xislatlari

soyasida ilm organib, turli sohada shunday kamolot darajasiga yetganki,

undan avvalgi shohlarning hech biri bunga erisholmagan.

Kunlardan bir kun uning qulogiga quyidagi xabar yetib keldi: Hind xazinasida parranda, darrandalar, vaxshiy hayvonlar tilidan yozilgan bir bor emish; bu kitob saxovat manbai, ilm-hikmat kaliti emish; u shoxlarga naf keltirganidek, xalqqa ham foydali emish; bu kitobning nomi "Kalila va Dimna" emish.

Nasihat, hikmat va masallar majmuasidan iborat bolgan bu "Kalila va Dimna" kitobi hind brahmanlari va olimlari tomonidan yozilgandir. Har bir xalqning olim va faylasuflari qanday vositalar bilan bolmasin, oz orzu va istaklarini amalga oshirmoq, mavjud tartibni intizomga solmoq uchun hamisha fikr yuritganlar, har xil tadbirlar ila ish kormoqchi bolganlar, bu haqda xar xil asarlar yozmoqqa intilganlar. Shulardan biri qqushlarning va yovvoyi, yirtqich hayvonlarning tilidan yozlgan, goyat chuqur ma'noli, nafis ramz va muammolarga tola ushbu kitobdir. Olimlar bu yolni tanlab zor imtiyozga ega bolganlar: avvalo, bu bilan ular xohlagan sozlarini aytib, har bir bobni orzu qilganlari darajada bezash imkoniyatiga ega boldilar.

Buning ustiga, ular shu yol bilan nasihat, hikmat, latifa va hazil-mutoyiba javohirlarini bir-biriga qoshganlar, toki dono odamlar bu kitobni mutolaa qilib, foydalansinlar, nodon odamlar esa, uni afsona deb oqisinlar.

Yosh shogirdlar esa savodli bolmoq, ilm orttirmoq, naql aytmoq maqsadida bu kitobda yozilganlarii osonlik bilan yodlarida saqlab qolgusidurlar. Katta bolib, aql va tajriba egasi bolganlarida, yodlab olgan va esda saqlab qolgan naqllar ustida fikr yuritib, ularni tushunganlarida dillari naqadar foydali hikmatlar bilan

tolganligini koradilar va ozlari kutmagan ulkan boylikka bitmas-tuganmas xazinaga ega bolganlarini biladilar. Yoshlarning xursandligi katta bolganda otasidan meros bolib qolgan xazinani topgan va shu tufayli umrining oxiriga qadar qiyinchilik kormasdan yashay olishni bilgan odamning sevinchiga oxshaydi.

Bu kitobni oqiganda uning nima uchun yozilganligi va qanday maqsadlarni kozda tutganligini tushunish kerak. Aks holda odam bu kitobdan foyda ololmaydib uning boyliklaridan bebahra qoladi. Bu kitobni tushunishning birinchi sharti shuki, uni togri va diqqat bilan oqiy bilishdir. Zotan, bir narsani diqqat bilan oqimasdan turib uning ma'nosini tushunmoq mumkin boladimi ahir? Oqishni yaxshi biladigan odam bu kitobni oylab oqishi va uning ma'nosiga yetishga shoshilmasligi lozim, chunki uning

ma'nosiga odam chuqur oylab qiyinchilik bilan erishadi. Naql qilibdurlarkim, bir kishi sahroda xazina topib olibdi va oz-oziga: "Agar bu xazinani bir ozim tashisam, kop vaqtim bekor ketadi, ozim qiynalib, qaytaga hafa bolaman. Yaxshisi, bir necha xizmatkor topib, bir necha ulovni kira qilib, biroz muddat ichida xazinaning hammasini uyga tashib olay", debdi.

U huddi shunday qiladi. Ozi xazinaning tepasida qolib la'l va javohirlar yuklangan ulovlarni uyiga yuboradi. Lekin yukni olib ketayotgan hiylakor odamlar boyliklarni u kishining uyiga emas, oz uylariga olib borishni maqsadga muvofiqroq deb biladilar.

U nodon kishi esa oz manziliga kelganda pushaymonlikdan boshqa hech narsa topmaydi.

Yana shunday haqiqatni bilish lozimki, foyda kitobni yodlashda emas, uni tushuna bilishdadir. Kimki bilmagan ishga yopishsa, uning ahvoli sozni yodlab olgan, lekin ma'nosini tushunmagan odamning ahvoliga oxshaydi.
, . .