O'zb  |    |     |  Eng
» » BARZUYA HAKIM HAQIDAGI BOB

BARZUYA HAKIM HAQIDAGI BOB

: Jahon adabiyoti
BARZUYA HAKIM HAQIDAGI BOB




Fors Hakimlarining buzrugi Barzuya shunday naql qiladi: " Mening otam qoshin boshliqlaridan, onam esa Zardosht pirimugonlari oilasidan edi. Ollohning menga baxsh etgan ilk ne'mati ota-onamning muhabbati boldi. Ular mening haqimda qaygurur, boshqa farzandlaridan koproq sevar, mening tarbiyam bilan maxsus shugullanar, yeyish-ichishimga alohida e'tibor berar edilar. Yetti yoshga yetganimda tib ilmini organish uchun meni maktabga berdilar. Bu ilmning foydali ekanligini anglab uni zor ehtiros bilan organa boshladim. Keyin bu hunarda shuxrat qozonib, kasallarni davolay boshladim. Shu bilan birga hamma singari men ham tort narsani orzu qila boshladim:

mol toplamoq, kayf surmoq, boshqalarning hurmatiga sazovar bolmoq va abadiy shuhrat qozonmoq . Shuni aytish kerakki, tib ilmining butun dunyoda zor hurmati bordir. Tib kitoblarida: " Tabiblarning eng fozili bemorlarni pulsiz muolaja etuvchilardir, bu yol bilan ular ham bu dunyoning, ham narigi dunyoning ne'matlaridan bahramand boladilar", deb yozilgan. Dehqonning urug sepishdan maqsadi yerdan galla undirib, oz rizq-rozini topishdir. Hayvonlarning yem-xashagi bolgan ot oz-ozidan osaveradi.

Xullas, qaerda sogayishiga umidi bolgan odamni eshitsam, borib uni muolaja eta boshladim. Birozdan keyin tengqurlarimning mol va davlati menikidan ziyod ekanligini kordim. Nafsim ustun chiqib, mol- dunyo toplamoq havasiga tushdim. Togri aqldan ozishimga sal qoldi. Oz-ozimga dedim: " Ey nafs, sen foyda bilan zarar orasidagi farqni kormayapsan. Aqlli odam aziyati kop, foydasi kam bolgan narsani orzu qiladimi? Agar sen yaxshi ot qoldirib ketish fikrida bolsang, bu foniy dunyoda ochkoz va hasis bolma.

Notogri fikrlardan qayt, savob orttirishga harakat qil. Odamning hayoti bir-biriga zid bolgan tort unsurning qorishmasidan iborat, xuddi yigirilgan ipga oxshaydi, uning uzoq vaqt uzilmasdan tura olishiga ishonch yoq?.

Odam badaning a'zolari bir mix bilan qoqilgan oltin butga oxshaydi. Mix sugurib olinsa, but boaklarga bolinib ketganidek, odamning badani ham yashash qobiliyatini Yoqotib , parchalanib ketadi. qarindosh-uruglaring, dost-oshnolaring bilan kopda magrurlanma va ular bilan birga bolishni ortiqcha havas qilma. Hamisha ularning sevinchlari qaygularidan oz, gamlari esa shodliklaridan kop boladi. Bu gam va gussa ustiga yana hijron dardi va ayriliq alami, xotini va bolalarini ta'min qilish uchun mol yigib, boylik toplashga majbur boladi va bu yoda ozini qurbon qiladi. Bunday odam olovga tashlangan xushboy ud yogochiga oxshaydi, uning hididan boshqalar foydalanadi, ozi esa yonib kul boladi".

Yana oz-ozimga dedim: "Sen bemorlarni muolaja qilishdan qolma, jamoat hakimning qadrini bilmaydi, degan gaplarga quloq solma. Agar biror odamni olim changalidan qutqarib olishga muvaffaq bola olsang, buning savobi har narsadan kop ekanligini nazarga ol.

Uzoq davom etgan ogir kasallik tufayli bola-chaqasi bilan osh-nonga muhtoj bolib qolgan bir odamni muolaja etish va uning salomatligini qaytarib berish qanchalik savob

ish ekanligini kim e'tirof etmaydi?"

Oz nafsim bilan olishib, ozimni yana togri yolga sola bildim. Hech narsa olmasdan sidqidil bilan bemorlarni davolay boshladim, uzoq muddat shu ish bilan mashgul boldim. Bu xizmatim evaziga rizqi roz darvozalari qarshimda ochila berdi. Shoxlar menga birin-ketin sarupolar in'om qila boshladilar, xazina darvozasini ochib qoydilar.

Boylikda, shonu shavkatda oz tengdoshlarimdan ozib ham ketdim.

Kunlardan bir kun men tib ilmining muvaffaqiyatlari va natijalari haqida, beradigan foyda va samaralari borasida fikr yurita boshladim. Natijada, tib ilmi sogliqni abadiy saqlay olmaydi, hech bolmasa biror kasallikni tamomila yoqotib, uni qaytib kelmaydigan qila olmaydi, degan xulosaga keldim. Bas, shunday ekan, aqlli odam tib ilmini shifobaxsh etuvchi ilm deb hisoblay oladimi? Shunday savob ishlar qilib oxiratni oylash menga zarurroq korina boshladi. Aytishlariga kora, oxiratni oylash har qanday kasallikni bir yola yoqotadi, yoqotganda ham qaytib kelmaydigan qilib yoqotadi.

Men mana shularning hammasini oylab chiqqandan song tib ilmidan qol tortib, ilohiyot bilan mashgul bola boshladim. Togrisi, men endi avvaliyu oxiri korinmaydigan bir yolga tushdim. Yol qorongi va hatarli edi. Na bir yol biluvchi odam bor edi, na bir yol yorituvchi mash'al. Tib kitoblarida ham bu haqda bir narsa deyilmagan ediki, oshanga suyanib shak va shubhadan, xayrat va taraduddan qutulsam. Turli xalqlarning dini orasida ham katta farq va ziddiyat bor edi. Ularning orasida golib va maglub , yaratuvchi va

yaratiluvchining har birisi ozi aytgan sozlarni togri, muholifning aytganini notogri deb bilardi.

Shunday oylar bilan shak va shubha sahrosida goh oldinga ketar, goh orqaga chekinardim, tepalar oshib, vodiylarni bosib otardim, lekin na maqsadga olib boradigan va na haqiqatga erishtiradigan togri bir yol topa bilardim. Nihoyat, butun din olimlari bilan korishib, ularning e'tiqodlarini organib, yuragimga mos togri bir tariqat topishga ahd qildim. Butun din-mazhablar bilan chuqur tanishib chiqdim, qarasam, har toifa oz dinining ustunligidan lof uradi, boshqalarnikini esa yomonlaydi. Men ulardan birontasiga ham ergashmadim, oz dardimga darmon topolmadim. Ularning hammasi bema'ni-beburd ekanligi menga oydin boldi. Aqlli odam ularning sozlaridan hech birisini qabul eta olmas edi.

Oz-ozimga dedim: " Agar men bunday muloxazalardan song bu dinlardan birini qabul etsam, quyidagi hikoyatda bayon etilgan nodon ogri ahvoliga tushib qolaman.





alila va Dimna.- T. 2010
, . .