O'zb  |    |     |  Eng
» » Yangi inshoot umidli sportchilarni kutmoqda

Yangi inshoot umidli sportchilarni kutmoqda

: jamiyat
Yangi inshoot umidli sportchilarni kutmoqda


Xorazm viloyatida otkaziladigan Umid nihollari-2015 sport musobaqalari ishtirokchilari uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga qarashli barcha qulayliklarga ega talabalar turarjoyi qurib bitkazildi. U musobaqa arafasida foydalanishga topshiriladi.

Mirmaksindustriya MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan 160 orinli turarjoy binosining tashqi korinishiyoq kozni quvontiradi. Uning ichkarisiga kirib, xonalardagi shart-sharoit bilan tanishgan odam qurilish ishlariga jami 7 mlrd 745 mln som mablag sarflangani bejiz emasligiga amin boladi. Yotoqxonaning birinchi qavatida 3 orinli 12ta xona, 2- va 3-qavatlarda 3 orinli 20ta xona bor. Etiborlisi, har bir xonada yuvinish uchun sharoit yaratilgan. Birinchi qavatda tibbiyot xodimlari va nogironlar uchun bittadan xona ajratilgan. Shuningdek, har bir qavatda dam olish uchun foye, oquv zali, kir yuvish va dazmollash xonalari tashkil etilgan.

Bu yerda yashovchilarning mazmunli dam olishi uchun songgi rusumdagi 5ta televizor keltirildi. Darvoqe, musobaqa otkaziladigan payti Xorazmda havo isib ketishi sportchilarga tashvish tugdirmaydi. Boisi, turarjoyga 7ta muzlatkich ornatildi. Chanqovbosdi ichimliklar oquvchilarga bahoriy iliqlik ulashsa, ajabmas.

Ulkan sport bayramiga munosib hissa qoshayotganimizdan behad mamnunmiz, deydi bino qurilishiga bosh-qosh bolgan, bir kam 60 yoshni qarshilagan usta quruvchi Davlatmurod Sobirov. Bunday mahobatli inshootlar qurilayotganda, ozingizni xuddi oz uyingizni barpo etayotgandek his qilar ekansiz. Qurilish jarayonida shartnoma asosida ishlashni istab kelgan hamyurtlarimiz soni 120 nafarga yetdi. Ularga 1,5 mln somgacha maosh berildi. Buni qarangki, bir bino qurilishi tufayli viloyatimizga ham, oilalarimizga ham fayz kirdi.

Ayni kunlarda Urganch olimpiya zaxiralari sport kolleji, Urganch tibbiyot kolleji hamda Urganch davlat universitetiga qarashli talabalar turarjoylarida ham songgi tamirlash va pardozlash ishlari olib borilmoqda.
, . .
(2)
Doylecib 8 2017 03:11
А вы еще не видела сайтов? Вот вам ссылочка.
-----

скачать dle

Как оказалось здесь об этом все написано
-----

оператор пк вакансии

Вот сайтов, который ты искал
-----

Сравнение HDD и SSD
          1