DataLife Engine > jamiyat > Yangi inshoot umidli sportchilarni kutmoqda

Yangi inshoot umidli sportchilarni kutmoqda


13-04-2015, 10:54. Ðàçìåñòèë: admin
Yangi inshoot umidli sportchilarni kutmoqda


Xorazm viloyatida o‘tkaziladigan «Umid nihollari-2015» sport musobaqalari ishtirokchilari uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga qarashli barcha qulayliklarga ega talabalar turarjoyi qurib bitkazildi. U musobaqa arafasida foydalanishga topshiriladi.

«Mirmaksindustriya» MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan 160 o‘rinli turarjoy binosining tashqi ko‘rinishiyoq ko‘zni quvontiradi. Uning ichkarisiga kirib, xonalardagi shart-sharoit bilan tanishgan odam qurilish ishlariga jami 7 mlrd 745 mln so‘m mablag‘ sarflangani bejiz emasligiga amin bo‘ladi. Yotoqxonaning birinchi qavatida 3 o‘rinli 12ta xona, 2- va 3-qavatlarda 3 o‘rinli 20ta xona bor. E’tiborlisi, har bir xonada yuvinish uchun sharoit yaratilgan. Birinchi qavatda tibbiyot xodimlari va nogironlar uchun bittadan xona ajratilgan. Shuningdek, har bir qavatda dam olish uchun foye, o‘quv zali, kir yuvish va dazmollash xonalari tashkil etilgan.

Bu yerda yashovchilarning mazmunli dam olishi uchun so‘nggi rusumdagi 5ta televizor keltirildi. Darvoqe, musobaqa o‘tkaziladigan payti Xorazmda havo isib ketishi sportchilarga tashvish tug‘dirmaydi. Boisi, turarjoyga 7ta muzlatkich o‘rnatildi. Chanqovbosdi ichimliklar o‘quvchilarga bahoriy iliqlik ulashsa, ajabmas.

— Ulkan sport bayramiga munosib hissa qo‘shayotganimizdan behad mamnunmiz, — deydi bino qurilishiga bosh-qosh bo‘lgan, bir kam 60 yoshni qarshilagan usta quruvchi Davlatmurod Sobirov. — Bunday mahobatli inshootlar qurilayotganda, o‘zingizni xuddi o‘z uyingizni barpo etayotgandek his qilar ekansiz. Qurilish jarayonida shartnoma asosida ishlashni istab kelgan hamyurtlarimiz soni 120 nafarga yetdi. Ularga 1,5 mln so‘mgacha maosh berildi. Buni qarangki, bir bino qurilishi tufayli viloyatimizga ham, oilalarimizga ham fayz kirdi.

Ayni kunlarda Urganch olimpiya zaxiralari sport kolleji, Urganch tibbiyot kolleji hamda Urganch davlat universitetiga qarashli talabalar turarjoylarida ham so‘nggi ta’mirlash va pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Âåðíóòüñÿ íàçàä