O'zb  |    |     |  Eng
» » WordPress asosida ishlaydigan sayt tilini ozgartirish

WordPress asosida ishlaydigan sayt tilini ozgartirish

: AKT
WordPress asosida ishlaydigan sayt tilini ozgartirish

WordPress dasturining eng yangi versiyasi wordpress.org saytida har doim ilk bor ingliz tilida chiqariladi. WordPressning rasmiy relizlari bazi boshqa jahon tillarida ham mavjud. Masalan, rus tilidagi WordPressni ru.wordpress.org saytidan yuklab olishingiz mumkin. Bir qancha vaqt avval ozbek webmasterlari uchun ozbek web dasturchilari tomonidan WordPressning ozbek tilidagi versiyasi ham taqdim etilgan edi. Uni uz.wordpress.org saytidan yuklab olishingiz mumkin edi. Hozirgi vaqtda WordPressning yangi versiyalari ozbek tilidagi versiyadan ancha oldinlab ketganligi sababli ozbek tilidagi rasmiy WordPress relizlari toxtatilgan. Uning ornida WordPress Ozbekiston saytida ingliz tilidagi WordPressning eng songgi nusxasini yuklab olish taklif etiladi. WordPress tilini ozgartirishni bilganimiz holda uning ingliz tilidagi songgi versiyasini yuklab olib, uni qiyinchiliklarsiz ozbek tiliga ogirib olishimiz mumkin. Buning uchun WordPress tillari qanday ishlashini tushunib olishimiz kerak.

WordPressning odatiy, yani hech qanday tilga ogirilmagan versiyasi ornatilganda uning asosiy tili ingliz tilida boladi. WordPress tarjima qilingan til fayllari PO va MO kengaytmali fayllar asosida boshqa tillarda ishlashi mumkin. Bu fayllar turli tillar uchun, jumladan, ozbek tilida uchun ham mavjud. WordPress tarjima fayllari istalgan kishi tomonidan tarjima qilinishi va uning umumiy ishlatilishi uchun hissa qoshilishi uchun tayyorlab qoyilgan. Garchi ozbek tilidagi fayllar 100% tarjima qilinmagan bolsa-da, uni oz saytingizning asosiy qismini ozbekchalashtirish uchun ishlatishingiz mumkin. Ozbek tilidagi PO va MO fayllarni mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Til fayllarini (uz_UZ.po va uz_UZ.mo) saytni boshqa tilga ogirish uchun WordPressning ornatilish joyi (hostingdagi saytning asosiy papkasi public_html yoki htdocs)dagi wp-content papkasi ichida languages papkasini yaratib, uning ichiga kochirasiz. Shundan song saytning asosiy ornatilish papkasi public_html yoki htdocs papkasining birinchi bosqichida joylashgan wp-config.php faylini Bloknot matn muharriri ochasiz va uning define (WPLANG, ); deyilgan qismini topasiz. Bu qismni define (WPLANG, uz_UZ); qilib ozgartirasiz (yani, qoshtirnoq ichiga uz_UZ qismini yozasiz). Agar bunaqa yozuvni fayl ichidan topa olmasangiz, shunchaki fayl ichidagi definelar qatoriga define (WPLANG, uz_UZ); qilib kiritib qoying. Amaliyot bajarilgandan song wp-config.php fayli serverda saqlanishi (yangilanishi) kerak. Uni ozgartirishni hosting admin panelida yoki FTP orqali amalga oshirishingiz mumkin (FTP dasturi bilan ishlash haqida mukammal malumotni mana bu qollanmadan topishingiz mumkin). Shundan song saytingiz ozbek tilida ishlashni boshlaydi!

WordPressining ozbek tilidagi rasmiy saytida ham bu haqida malumot bor.

Tarjimaning PO va MO fayllarini mana bu yerdan olishingiz mumkin bolgan PoEdit dasturi orqali tarjima qilishingiz, tugallanmagan tarjimani toldirishingiz, bazi ozingizga yoqmagan tarjimalarni ozgartirishingiz mumkin. Bu dastur bilan ishlash juda oson: tilning PO faylini dasturda ochasiz, chap tomonda ingliz tilidagi iboralar, ong tomonda shu iboralarning ozbek (yoki rus) tilidagi tarjimalari boladi. Siz ong tomonga iboralar tarjimalarini yozasiz. MO faylni tarjima qilish shart emas, chunki u PO faylning siqilgan shakli hisoblanadi. Siz PoEdit dasturida PO faylni tarjima qilib, saqlaningizda dastur avtomatik tarzda MO faylni ham yangilaydi.

Manba: azamat.uz
, . .