O'zb  |    |     |  Eng
» » Zamonaviy texnologiyalar namoyishi

Zamonaviy texnologiyalar namoyishi

: Texnologiyalar, iqtisodiyot
Zamonaviy texnologiyalar namoyishi

Ozekspomarkazda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati uskunalarining XV WorldFood Uzbekistan 2015 hamda qishloq xojaligi texnologiyalarining X AgroWorld Uzbekistan 2015 xalqaro korgazmalari ochildi.
Mazkur korgazmalar Ozbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qishloq va suv xojaligi vazirliklari, Ozulgurjisavdoinvest, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi, Ozvinsanoat xolding kompaniyasi tomonidan ITE Uzbekistan xalqaro korgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Korgazmalarda Ozbekiston, AQSh, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Vengriya, Polsha, Isroil, Xitoy, Rossiya, Eron, Koreya, Litva, Estoniya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi 30 ga yaqin mamlakatdan 180 dan ortiq kompaniya oz mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

Ikkita pavilyon va ochiq maydonda joylashgan ekspozitsiyalar orasida oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, uruglar, qishloq xojaligi texnikasi, parrandachilik va chorvachilik mahsulotlariga keng orin ajratilgan. Xorijlik ishtirokchilar orasida sut va mevani qayta ishlash texnologiyalari, qadoqlash va orash, muzlatish uskunalari, sovutish, issiqxona tizimlari, oziq-ovqat, qandolat mahsulotlarini taklif etayotganlar kopchilikni tashkil etadi.

Litvalik ishbilarmonlar gosht, choy, qahva va qandolat mahsulotlarining keng turini, estoniyalik ishlab chiqaruvchilar baliq va dengiz mahsulotlarini taqdim etmoqda. Germaniyaning yirik kompaniyalari goshtni qayta ishlash, novvoylik, qadoqlash va muzlatish asbob-uskunalarini, rossiyaliklar gosht va sut sanoati uchun tarkibiy qismlar, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash va orash texnologiyalarini, sharbatlar, ichimliklarni namoyish etmoqda.

Oziq-ovqat tarmogi va qishloq xojaligining rivoji bilan tanishish, sohaning yetakchi korxonalari vakillari bilan muzokaralar olib borish, jahonga mashhur kompaniyalar bilan tajriba almashishga xizmat qiluvchi korgazmalarda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Viniks, Matimeks Vostok, Mehrigiyo, Aroma Klassik, Sayxun baraka kabi kompaniyalar oziq-ovqat va savdo asbob-uskunalari, ichimliklar, yog-moy mahsulotlari, qandolat, sharbatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

AgroWorld Uzbekistan 2015 xalqaro korgazmasida ilk marotaba Mevalar. Sabzavotlar. Qayta ishlash. Saqlash bolimi tashkil etildi. Ular orasida sabzavot va mevalar uchun turli hajmdagi qadoqlar va oramlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi Sorma Spa qadoqlash va yorliq uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Netpack, Sinclair, qishloq xojaligi, zootexnika va agrosanoat majmuasi uchun mashinalar, butlovchi qismlar va jihozlarni ishlab chiqaruvchilarning Sermas, mevalarni nazorat qilish uchun jihozlar yaratuvchi TR, qulupnay, olma, nok yetishtiruvchi Vivai Mazzoni kompaniyalarini uchratish mumkin. Italiyalik ishlab chiqaruvchilarning stendlari kopchilikda qiziqish uygotmoqda.

Xojaligimiz chorvachilikka ixtisoslashgan, deydi Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Sharofboy fermer xojaligi rahbari Hasanboy Abdurahmonov. Shu kunlarda makkajoxoridan omixta yem tayyorlaydigan texnologiyaga ehtiyoj sezayotirmiz. Shu sabab korgazmada namoyish etilayotgan chorva ozuqasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy uskunalardan biri bizga maqul keldi. Uni xarid qilish uchun shartnoma imzoladik.

Otgan yili mamlakatimiz dehqon va fermerlari 8 million 50 ming tonnalik ulkan galla xirmonini barpo etdi. Ekin maydonlari tuzilishi ozgarishi tufayli 2012-2014-yillarda sabzavot yetishtirish 16,3, poliz mahsulotlari 16,6, mevalar 21 foizga oshdi. Keyingi yillarda qariyb 50 ming gektar maydonda yangi boglar, 23 ming gektar yerda uzumzorlar barpo etildi. Boglar va sabzavot ekinlari maydonlari kengayishi ana shunday mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlashga bolgan qiziqishni yanada oshirmoqda.

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Maroqand meva-sabzavot fermer xojaligi 650 gektar maydonda intensiv bog yaratgan. 50 gektarda olma, nok, gilos, orik, olxori kabi mevali daraxt kochatlari yetishtirilmoqda. Xojalik bog tashkil qilish istagidagi qiziquvchilarga oz xizmatlarini taklif etmoqda.

Buyurtma asosida kochatlarni ekishdan tortib, hosilni saqlashgacha bolgan jarayonda jamoamiz komaklashadi, deydi fermer xojaligi agronomi Shuhrat Abrorov. Kochatlar ekilgach, ularning rivojlanishi uchun kerakli simbagizlar tizimi yaratilib, quyosh va dolga qarshi maxsus setkalar, tomchilatib sugorish tizimi ornatiladi. Kerakli jihozlarning barchasi ozimizda, mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilmoqda.

Parrandachilik, Bogdorchilik va Chorvachilik bolimlarida tovuqxonalar uchun uskunalar, qishloq xojaligi hayvonlari, baliqlar, mayda qisqichbaqalar, uy hayvonlari uchun omixta yem ishlab chiqarish boyicha zavodlarni barpo etish va ishga tushirish, servis xizmati korsatish, gallani saqlash va qayta ishlash boyicha texnologiyalarning keng turlari namoyish etilmoqda.

Ozbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanmoqda va bu mana shunday xalqaro korgazmalarda yaqqol namoyon bolmoqda, deydi Indoneziyaning mamlakatimizdagi elchixonasi xodimi Dodang Raxmat. Yurtingizdagi korxonalar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xaridorgir, eng muhimi, xalqaro sifat standartlariga mos. Bugungi korgazmada choy, qahva, turli sharbatlar, kofe, tez tayyorlanuvchi lapsha va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ondan ortiq kompaniyamiz ishtirok etmoqda. Ular Ozbekistondagi turdosh korxonalar bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida.

Korgazmada ikki mingdan ortiq fermer va dehqon xojaliklari vakillari ishtirok etmoqda, deydi Ozbekiston Fermerlari kengashi raisi orinbosari F.Qulmatov. Qayta ishlash faoliyati qollab-quvvatlangani bois hozirda mamlakatimizda 38 mingdan ziyod kop tarmoqli fermer xojaligi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda yana 21 mingta ana shunday xojalikni tashkil etish kozda tutilgan. Korgazmalarda fermer xojaligini muvaffaqiyatli boshqarish uchun eng zamonaviy uskuna va jihozlar namoyish qilinmoqda.

Korgazmalarga kelayotganlar va qiziqish bildirayotganlar uchun bu yildan boshlab mobil ilova joriy qilindi. Unda pavilyonlar va ekspozitsiyalarning joylashishi, mahsulotlar turi, ishtirokchi kompaniyalar royxati va boshqa zarur malumotlar orin olgan.
, . .